Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zPFL rahbari: "Bunyodkor" aql bilan ish tutishi kerak"

O‘zPFL rahbari: "Bunyodkor" aql bilan ish tutishi kerak"

Baho:
+ | -

Saytimiz orqali xabar berib o‘tganimizdek, Qozonning "Rubin" klubi "Bunyodkor" futbolchisi Umarali Rahmonaliyevga qiziqish bildirmoqda. Ushbu transfer yuzasida Diyor Imomxo‘jayev o‘z fikrini bildirdi.

"18 yoshli Umarali Rahmonaliyev uchun Bunyodkor 1 million dollar so‘rayotgani haqida yozishdi.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, Rubin futbolchi uchun 50 ming yevro bermoqchi. Unga Leonid Sluskiyning o‘zi qiziqib qolgan, bu muhim jihat. Futbolchining shartnomasi shu yil so‘ngida yakuniga yetishini inobatga olsak, u kelasi mavsum Bunyodkorni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Shundan kelib chiqib, savdoni aqlga sig‘adigan darajada olib borish to‘g‘riroq IMHO. Agarki unga Rubin bosh murabbiyining o‘zi qiziqib qolgan bo‘lsa, Rubin savdoni 100-150 ming yevrogacha ham ko‘tarishi mumkin. O‘zbekiston klubi uchun bu yomon summa emas.

Chunki, transfer narxidan tashqari Bunyodkor Rubindan mashg‘ulot kompensasiyasi ham talab qiladi. Rubin Rossiya quyi divizionida ekani hamda Rahmonaliyev Bunyodkor akademiyasida 2015 yildan buyon qayd etib kelinayotgani inobatga olinsa, Bunyodkor shuning o‘zigayoq tahminan yana 130 ming dollar talab qilishga haqli. Demak, buning yoniga transfer summasi ham qo‘shilsa, 18 yoshli futbolchi uchun yomon narx chiqmaydi. Qo‘shimchasiga, Bunyodkor Rubin bilan futbolchining ehtimoliy keyingi transferidan ma’lum foizini olish bo‘yicha ham kelishuv imzolasa bo‘ladi.

Shu o‘rinda bir masalani eslab o‘tish kerak. 2018 yil Anji Doston Hamdamovga haridor bo‘lgan va 300 ming yevro taklif qilgan. Bunyodkor esa o‘shanda ham 1 million so‘ragan. Keyinroq Anji shunday yo‘l tutdiki, Hamdamovni tekinga olib ketdi. Chunki futbolchining Bunyodkor bilan shartnomasida agar Yevropadan taklif tushsa, klub uni 300 ming yevroga qo‘yib yuborishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Bunday paytda FIFA futbolchining manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘radi. Aytmoqchimanki, Bunyodkorga o‘sha vaqtda 300 ming ham yomon summa emasdi. Ammo aqlsizlik sabab klub shundan ham quruq qolgan." - deb post qoldirdi O‘zPFL rahbari o‘zining telegramdagi kanalida.

Kiritildi: 16:18, 02.08.2022.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.