“Milan” himoyachisi Davide Kalabriya jamoaning yangi sardoriga aylandi. “Rossonerilar”ning yana bir himoyachisi Teo Ernandes vise-sardor etib tayinlandi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Alessio Romanyoli “Milan”ning avvalgi sardori edi. Mavsum oralig‘ida u "Lasio" safiga tekinga borib qo‘shildi.
Kalabriya “rossonerilar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25 yoshli himoyachi shu kungacha “qizil-qoralar”ning asosiy tarkibida 184 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘tgan mavsumda "Milan" tarkibida u Italiya chempioniga aylandi.