Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«Neymar ishi». «Real» prezidenti Neymarning transferi bilan bog‘liq sud jarayonida ishtirok etadi

«Neymar ishi». «Real» prezidenti Neymarning transferi bilan bog‘liq sud jarayonida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

«Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Santos»ning Neymar transferi bilan bog‘liq da’vosi ko‘rib chiqiladigan sudda ishtirok etadi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Avvalroq DIS investisiya kompaniyasi Neymar, uning oilasi, «Barselona» sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel, shuningdek, «Santos» sport direktori Odilio Rodrigesni sudga bergani xabar qilingandi.

Florentino 17—31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida 18 guvohdan biri bo‘ladi. «Real» rahbari 18 oktyabr kuni ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

DIS dalillardan biri sifatida Peresning 2016 yilda bergan intervyusidan parchani keltirmoqchi. O‘shanda funksioner «Real» ham Neymarga qiziqish bildirgani, futbolchini «Santos»dan olib kelish uchun transfer huquqiga egalik qiladiganlarga umumiy 150 million yevro to‘lash kerakligi haqida gapirgandi.

Avvalroq 2016 yildan beri davom etib kelayotgan mojaro sudga oshirilgani xabar qilingandi.

Prokuratura Neymar uchun ikki yillik qamoq va 10 million yevro miqdoridagi jarima so‘ramoqda. DIS esa futbolchini 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, xuddi shuncha muddatga futbol o‘ynashini taqiqlash talabi bilan chiqqan. Undan tashqari futbolchining ota-onasiga ham 5 yillik qamoq jazosi berilishini so‘ramoqda. Prokuratura Neymarning otasini 2 yil, onasini 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi tarafdori.

DIS «Barselona»ning sobiq prezidenti Sandro Roselni va o‘sha vaqtda «ko‘k-anorranglilar» vise-prezidenti bo‘lgan Xosep Bartomeuni 8 yilga ozodlikdan mahrum etilishini xohlamoqda. Davlat ayblovi esa Roselga 5 yillik qamoq jazosini so‘ragan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:20, 03.08.2022.
O'qildi: 5581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.