Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Sho‘rtan» to‘rt futbolchi bilan shartnoma imzoladi

«Sho‘rtan» to‘rt futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Sho‘rtan» tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo‘shilmoqda. Jumladan, bugun g‘uzorliklar 8 nafar o‘yinchi bilan shartnoma imzolashdi. Ular: Shohjahon Nasimov, Alfayzi Ne’matov, Jonibek Ko‘chimov, Abdumutal Tursunqulov, Sherzod G‘ulomjonov, Timur Nabiyev, Jafarjon Karimov va Ulug‘bek Xudayberdiyev.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Nasimov 1996 yilda tug‘ilgan, ampluasi — darvozabon, bunga qadar "Buxoro" klubi safida maydonga tushgan.

Alfayzi Ne’matov esa 2000 yilda tug‘ilgan, ampluasi — hujumchi, bunga qadar "Bunyodkor" klubi safida maydonga tushgan.

Jonibek Ko‘chimov 1998  yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — yarim himoyachi, bunga qadar "Zomin" klubi safida maydonga tushgan.

Abdumutal Tursunqulov 1995 yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — yarim himoyachi, bunga qadar "Zomin" sharafini himoya qilgan.

Sherzod G‘ulomjonov 2001 yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — yarim himoyachi, bunga qadar "Xorazm" safida o‘ynagan.

Timur Nabiyev 2000 yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — himoyachi, bunga qadar "Qizilqum" safida maydonga tushgan.

Jafarjon Karimov 2001 yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — himoyachi, bunga qadar "Xorazm" faoliyat yuritgan.

Ulug‘bek Xudayberdiyev 1995  yilda tug‘ilgan, o‘ynaydigan ampluasi — himoyachi, bunga qadar "Yangiyer" sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, «Sho‘rtan» tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Klub yozgi transfer oynasida darvozabon - Akobir Qayumov, himoyachilar – Abduxoliq  Qurbonov, Nodirxon Ne’matxonov, Eldor Ergashov, Shohruh Boyqo‘ziyev, yarim himoyachilar - Javohir Shokirov, Nodirjon Nurmatov, Islom Baratov va hujumchi - Davron Isoqov bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra amaldagi shartnomalarni bekor qilindi va klub ushbu futbolchilar bilan do‘stona xayrlashdi.

"Sho‘rtan" matbuot xizmati.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 20:56, 04.08.2022.
O'qildi: 1778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.