Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

City Football Group - imperiya!

City Football Group - imperiya!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» sohibi - shayx Mansur al Nahiyon behisob mablag‘i evaziga futbol olamida allaqachon ulkan imperiya tuzishga ulgurdi. Mana, BAA bosh vaziri o‘rinbosari shuningdek, Dubay hukmdori shayx Muhammad al Maktumning kuyovi, City Football Group tarkibiga yana bir klubni qo‘shib oldi. Endi shayx Mansurga qarashli imperiyadagi klublar soni 12taga yetdi. E’tiborlisi, ular turli qit’a va mamlakatlardan...

«Manchester Siti» (Angliya). Shayx Mansur APL klubini alohida xolding tuzishdan oldin, ya’ni 2008 yili sotib oldi. Hozirda «Man-chester Siti» aksiyalari 100 foiz City Football Group tasarrufida.

«Nyu-York Siti» (AQSH). 2013 yili tashkil etilgan bu klubning 80 foiz aksiyasi City Football Group ixtiyorida. Qolgan ulushni «Nyu-York Yankis» beysbol klubi nazorat qilmoqda.

«Melburn Siti» (Avstraliya). Shayx Mansur 2014 yili Avstraliya klubining 80 foiz aksiyasiga 12 million dollar to‘ladi. Shu tariqa «Melburn Xeart» atamasining ikkinchi bo‘g‘ini «Siti» iborasi bilan almashtirildi.

«Yokogama F. Marinos» (Yaponiya). Yaponiya jamoasining atigi 20 foiz aksiyasi City Football Group xoldingiga tegishli. Oddiy aytganda, qolgan 80 foiz ulush hamon «Nissan» kompaniyasida qolmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik esa 2014 yili boshlandi.

«Montevideo Siti Torke» (Urugvay). City Football Group 2017 yilga kelib, Janubiy Amerika futboliga ham «qo‘l cho‘zdi». Ya’ni Urugvay poytaxti sharafini himoya qiluvchi «MontevideoTorke» ham o‘z nomiga «Siti» birikmasini qo‘shib olib, o‘sha mavsum darhol o‘z tarixida birinchi marta mamlakat chempionati elit ligasiga yo‘l oldi.

«Jirona» (Ispaniya). «Siti» imperiyasi aynan 2017 yili Ispaniya futboliga ham qadam tashladi. To‘g‘ri, bunda tanlov kamtarin «Jirona» chekiga tushdi. Qolaversa, uning aksiyalaridan 44,3 foizigina shayx Mansur guruhiga tegishli. Xullas, ulushning katta qismi Girona Football Group ixtiyorida qoldi.

«Sichuan Szyunyu» (Xitoy). City Football Group 2019 yilni ham faol boshlab, fevral oyida Xitoydan jamoa sotib oldi. Endilikda «Sichuan» to‘liq shu guruhga qaraydi.

«Mumbay Siti» (Hindiston). 2020 yilga kelib, «Siti»lar oilasi 10-klub bilan bo­yidi. Shayx Mansur bu safar hind diyoridan jamoa topdi.

«Lommel» (Belgiya). «Manchester Siti» xo‘jayini 2020 yili Belgiya chempionati quyi ligasi ishtirokchisi «Lommel»ni ham o‘z imperiyasiga qo‘shib oldi.

«Trua» (Fransiya). 2020 yil hisobidan uchinchi operasiya - «Trua» sentyabr oyida arablar xoldingi tarkibiga kirdi. Hozirda Fransiya jamoasi ham to‘liq City Football Group tomonidan moliyalashtirilmoqda.

«Bolivar» (Boliviya). 2021 yilgi savdo. Boliviyaning eng nomdor klubi - «Bolivar» ulkan xoldingning 11-a’zosiga aylandi.

«Palermo» (Italiya). City Football Group yaqindagina Italiyadan ham jamoa sotib oldi. Endilikda «Palermo» nazorat paketining 80 foizi shu guruh ixtiyorida. Kelishuv bahosi - chamasi 12-13 million yevro.

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 23:00, 04.08.2022.
O'qildi: 1802 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.