Boshlanayotgan yangi mavsum Mikel Arteta uchun "Arsenal"dagi uchinchi to‘liq ish davri bo‘ladi. Mavsum esa doimgidek "Arsenal" o‘yini bilan start olmoqda. Quyida ushbu jamoaga oid ayrim taxminiy qarashlar keltiriladi.
APLdagi yakun
Kelayotgan mavsum "Arsenal"ning beshinchi YECHLsiz davri bo‘ladi. Shu sabab bu yil ushbu noxush an’anaga chek qo‘yilishi va jamoa kuchli to‘rttalikka kirishi shart. "Manchester Siti" hamda "Liverpul" yana dastlabki ikkitalikni egallab oladigandek ko‘rinmoqda. Qolgan pog‘onalar esa "MYU", "Tottenxem", "Chelsi" hamda "Arsenal" orasida taqsimlanishi kutilmoqda. To‘rtinchi o‘rin uchun kurashga kelganda "Tottenxem"ni alohida ta’kidlash joiz. Chunki Konte jamoasi ancha yuqori darajaga erisha oldi. "Chelsi" hamda "MYU"ning o‘yinlarini taxmin qilish juda ham murakklab ishga aylanib qoldi. Shunga qaramay, mavsum yakunida "Arsenal"ni to‘rtinchi o‘rinni egallaydi deb ayta olamiz. Chunki jamoa hujumda ishonchi va kerakli bo‘lgan vakilga ega bo‘ldi.
Yevropa sahni
"Arsenal"ning so‘nggi mavsumdsagi natijasi jamoani Yevropa ligasida qatnashishini kafolatlay oldi xolos. Endilikda jamoa payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan bahslarda ishtirok etadi. Mikel Arteta esa bundan foydalanib, o‘z jamoasidagi yoshlarni o‘yin vaqti bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. London klubi qur’a tashlash marosimida A savatchadan joy oladi. Shu sabab "Arsenal"ni unchalik ham jiddiy raqiblar kutmaydi. Yevropa ligasining pley-off bosqichi mavsumning ikkinchi yarmida boshlanadi. Agar ichki chempionatda hammasi joyida bo‘lsa, u holda "Arsenal" bu musobaqaning chorak finaliga qadar yetib bora olishiga guvoh bo‘lamiz. Aks holda, barcha e’tibor YELga qaratiladi. Negaki, bu turnirda g‘olib bo‘lish, klubga keyingi yilgi YECHLga yo‘llanma beradi.
Kuboklardagi ishtirok
"Arsenal"ning kubok bahslarida ishtirok etishi doimo takrorlanadi. Jamoa bu borada eng muvaffaqiyatli klublardan biridir. Ammo bunda bir muammo yuzaga kelishi mumkin. Yani "Manchester Siti" yoki "Liverpul"ga duch kelib qolish, Mikel Arteta jamoasini bu turnirlardan ham chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Masalan, 2020-21 yilgi mavsumda "Manchester Siti" "to‘pchilar"ni liga kubogi bilan xayrlashishga majbur qilgan. O‘tgan mavsumda esa bu vazifani "Liverpul", yarim finalda bajargandi. Shu tufayli katta ehtimol bilan yuqoridagi ikki jamoaga duch kelib qolish, "Arsenal"ni kubok bahslarini erta tark etishini anglatadi. Bu bosqich esa nimchorak yoki chorak finalga to‘g‘ri kelishi mumkin.
ISMATOV J.