Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan mutlaq g‘alabaga erishdi, qizlarimiz yutqazishdi

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peru ustidan mutlaq g‘alabaga erishdi, qizlarimiz yutqazishdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat olimpiadasida bir kunlik tanaffusda so‘ng bugun 7-tur o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Peruga qarshi bahslarda ishtirok etdi.

Bu safar Javohir Sindarov dam oldi. Qolgan shaxmatchilarimiz — Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Shamsiddin Vohidov o‘z raqiblarini taslim etishdi. Natijada delegasiyamiz 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 12taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa ushbu turda Serbiyaga qarshi dona surib, 1,5 : 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova va Maftuna Bobomurodova durang qayd etishgan bo‘lsa, Marjona Malikova imkoniyatni boy berdi.

Bugungi barcha o‘yinlar yakunlanganidan so‘ng jamoalarimizning jadvaldagi o‘rni va keyingi turdagi raqiblari ma’lum bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:37, 05.08.2022.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик