Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Toshkentda o‘tkaziladimi?!

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Toshkentda o‘tkaziladimi?!

Baho:
+ | -

Joriy yil 28 iyuldan 9 avgustga qadar bo‘lib o‘tayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi FIDEning eng nufuzli, har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan tadbiri hisoblanib, unda dunyoning 200ga yaqin davlatlari o‘z terma jamoalari bilan ishtirok etishadi.

Bu safargi olimpiadada 188ta erkaklar hamda 162ta ayollar terma jamoalari g‘oliblik uchun dona surishmoqda. Ushbu jamoalar tarkibidan 4 nafar asosiy va bir nafar zaxira o‘yinchi o‘rin olgan.

Bundan tashqari FIDE Kongressi doirasida komissiya yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston vakillaridan Muhiddin Madaminov xalqaro toifadagi usta unvoni talablarini bajarganligi munosabati bilan ushbu unvon komissiya a’zolari tomonidan ma’qullangan bo‘lsa, Jahongir Kamalov xalqaro toifadagi arbitr unvoniga ega bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerak, u O‘zbekistondagi eng yosh xalqaro toifadagi arbitrga aylandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston shaxmat federasiyasining Bosh kotibi Sunnatullo Bozorboyev xalqaro toifadagi tashkilotchi unvoni talablarini bajardi va komissiya xulosasi bilan ushbu unvonni qo‘lga kiritdi.

Yana bir e’tiborga molik masala, mazkur tadbir doirasida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilivchi mamlakatni aniqlash uchun o‘tkaziladigan Kongress hisoblanadi.

FIDE Kongressining asosiy tadbiri 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tashkil etilayotgan tanlov bo‘lib, unda O‘zbekiston, Polsha hamda Zambiya davlatlari nomzod sifatida ishtirok etish uchun ariza topshirishgan. Biroq, Polsha va Zambiya tomonidan hukumat kafolat xatlari taqdim etilmaganligi bois ular so‘nggi bosqichda ishtirok eta olishmaydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston asosiy nomzod sifatida 8 avgust kuni 200ga yaqin davlat vakillaridan iborat delegatlar tomonidan ovoz berish jarayonida ishtirok etib, 2026 yili o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligini qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatiga ega bo‘lib oldi. Faqat buni amalda rasmiylashtirish qoldi xolos.

2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun Toshkent shahri tanlab olingan bo‘lib, olimpiada 2026 yilning sentyabr oyida tashkil etilishi nazarda tutilgan.

MDH davlatlari orasida shu paytgacha Armaniston (Erevan shahri, 1996 yil), Rossiya Federasiyasi (Moskva shahri, 1994 yil, Elista shahri, 1998 yil, Hanti-Mansiysk shahri, 2010 yil), Ozarbayjon (Baku shahri, 2016 yil) hamda Gruziya (Batumi shahri, 2018 yil) Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilgan.

2024 yilgi 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi esa Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkaziladi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 22:54, 05.08.2022.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.