Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Gennadiy Kochnev: «Baribir «Andijon»ning kuchi bilinib turdi»

Gennadiy Kochnev: «Baribir «Andijon»ning kuchi bilinib turdi»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “G‘ijduvon” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin haqidagi dastlabki fikrlaringiz?
— Biz “Andijon”ning kuchli ekanligini bilgan holatda bu o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rgandik. Burchak zarbalari, standart vaziyatlar bo‘yicha biz yetarlicha uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgandik. Ko‘rdinglar, birinchi gol himoyachimiz va darvozabonimizni qo‘pol xatosi tufayli yuzaga keldi. Ikkinchi golni ham hozir kiyinish xonasida ko‘rib tahlil qilib chiqdik. Jarima maydoni ichida muvozanatni yo‘qotganimiz sababli to‘p o‘tkazib yubordik. Alamli bo‘ldi, albatta. Chunki bir vaziyatni yaratimiz deb o‘zimiz uchun mushkul vaziyatga tushib qoldik. O‘z o‘rnida “Andijon”ni g‘alaba tabriklayman. Chunki kuchli jamoa ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu jamoa bilan tengma-ten harakat qilish juda ham qiyin. Biz bu yerga kurashib, qattiq mehnat qilib ochko olishni maqsad qilgandik. Afsuski, o‘yin “Andijon” foydasiga tugadi.

— Ko‘rdik, “G‘ijduvon” yaxshi jamoa ekan. Lekin mag‘lubiyat doim mag‘lubiyat. Jamoaga nima yetishmadi?
— Bunga ko‘p narsalarni aytish mumkin. “Andijon” kuchli jamoa. To‘pni nazorat qilishda kamchiliklarimiz sezildi. To‘pni nazoratimiz ostiga olib, mashg‘ulotlardagi ko‘rsatmalarni yigitlar to‘liq bajarganida natija boshqacha bo‘lardi. Yana qaytaraman: bu yerda raqibning kuchli jihatlari muhim rol o‘ynadi. Ba’zi futbolchilar men kutgan o‘yinni ko‘rsata olishmadi. “Andijon”ni bosimi ham bunga qarshilik qildi. Baribir mezbonlarni kuchi bilinib turdi.

— Legioner Song Longji “G‘ijduvon”dan ketdi. Nima bo‘ldi, o‘zi? Bu katta yo‘qotishmi?
— U birinchi davrada o‘ynagan, men uni ko‘rmaganman. Yigitlar bilan gaplashganimda unda jarohat bo‘lganini sababini aytishdi. U to‘purar hujumchi edi. Futbolchilarni aytishicha, uning ketishi jamoa uchun yo‘qotish bo‘ldi. Lekin biz “Buxoro”da ikkita o‘yinchi oldik, Firdavs Asadov bilan Bobur Omonovni. O‘ylaymanki, tajribali o‘yinchilarni safimizga qo‘shib oldik. Songni ko‘rmaganim uchun u haqida fikr bildira olmayman.

— Jamoaning maqsadi qanday?
— Ligada o‘z o‘rnimizni saqlab qolish. Shuning uchun har bir uchrashuvda ochko uchun qattiq kurashamiz. Bu yerga ochko olishga kelgandik. Bilamiz, “Andijon” kuchli jamoa. Shu sababli ham qattiq mehnat qilib, qarshi xujumlarda gol urishga harakat qildik. Faqatgina bizda markazda to‘pni nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:05, 05.08.2022.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.