“Fulxem” “Roma” hujumchisi Jastin Klyuyvertni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi Evening Standard.
Rim klubi bosh direktori Tiagu Pinto allaqachon Klyuyvertning 8 million funt sterlinglik transferini ko‘rib chiqish uchun Londonga borgan.
O‘tgan mavsumda “Ayaks” va “Barselona”ning sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvertning o‘g‘li Jastin Fransiyaning “Nissa” jamoasida ijara asosida o‘ynadi va 29 o‘yinda 6 ta gol urdi.
Qo‘shimcha qilamizki, "Roma" 2018 yilda futbolchini "Ayaks"dan 19 million yevroga sotib olgandi.