Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ertaga Armaniston bilan o‘ynaydi

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ertaga Armaniston bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida bugun o‘tkazilgan sakkizinchi tur o‘yinlari yakunlandi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniya ustidan qozonilgan kichik hisobdagi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 14taga yetkazib, jadvalda 3-pog‘onaga tushdi. Hindistonning ikkinchi jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Armaniston esa bugun Hindistonni 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etib, o‘z peshqadamligini saqlab qoldi.

Yigitlarimiz ertaga aynan Armanistonga qarshi bahslarda ishtirok etadigan bo‘ldi. Aynan mana shu to‘qnashuv ko‘p ehtimol bilan sovrinli o‘rinlar masalasiga oydinlik kiritishi mumkin. Sportchilarimizdan jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Armanistonliklar turnirda 12-raqam ostida saralanishgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 14-raqamli jamoa hisoblanishadi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Shimoliy Makedoniyani ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli jadvalda 40-o‘ringa ko‘tarildi. Qizlarimiz 9-turda Isroilga qarshi bahslarda ishtirok etishadi. Ushbu jamoa musobaqada 19-o‘rinda saralangan bo‘lib, ayni paytda 29-pog‘onani band etib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:53, 06.08.2022.
O'qildi: 2827 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик