"Barselona" darvozaboni Netu tez orada "Bornmut"ga o‘tadi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
33 yoshli braziliyalik o‘z agenti bilan birga Angliyaga uchib ketdi va u yerda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U "Bornmut" bilan shartnoma imzolaydi. Bitim tez orada rasmiylashtiriladi.
Netu 2019 yil iyulidan beri “Barselona” safida to‘p tepadi. O‘tgan mavsumda u 4 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol o‘tkazib yuborgan.