Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Vitaliy Levchenko: «Shaskixning «Paxtakor»ga kelishi — O‘zbekiston chempionati uchun foydali»

Vitaliy Levchenko: «Shaskixning «Paxtakor»ga kelishi — O‘zbekiston chempionati uchun foydali»

Baho:
+ | -

«Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko "Sport Arena" nashriga bergan intervyusida O‘zbekistonda boshlangan faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

‒ Men "Neftchi"dagi ish faoliyatimni 2022 yilning 7 iyul kuni boshladi. "Neftchi" ‒ O‘zbekistondagi tarixi eng boy jamoalardan biri. Ha, hozirda klub qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Mening oldimga esa vaziyatni o‘nglash vazifasi qo‘yildi. Bunday vazifani bajarish hamisha qiyin bo‘lgan. Ammo buni hal qilsa bo‘ladi. Murabbiylar shtabi hozir shunga harakat qilyapti.

‒ Bir paytlar O‘zbekistonda Rivaldo o‘ynagandi. Hozirgi futbolchilarning saviyasi borasida nima deya olasiz? Eng mashhur futbolchilar kimlar?
‒ Ha, o‘z vaqtida O‘zbekistonda shunday mashhur futbolchilar to‘p tepgan. Hozirda bunday yulduzlar yo‘q. Ammo chempionat saviyasi ancha yuqori. O‘zbekistondagi futbolchilar tezkor, texnikasi yuqori va ular hujumkor futbol o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. Ular himoyaviy o‘yin namoyish etishni u qadar yaxshi ko‘rishmaydi.

‒ O‘zbekiston va Tojikiston klublarining imkoniyatlari orasida qanchalik farq mavjud?
‒ Albatta o‘zbek klublarining imkoniyati yuqoriroq.

‒ Maksim Shaskixning "Paxtakor"ga kelishini qanday qabul qildingiz?
— Shubhasiz, Maksimning «Paxtakor»da ish boshlashi O‘zbekiston chempionati uchun foydali. Klublarda yaxshi mutaxassislar qancha ko‘p ishlasa, bundan futbol yutadi. Men hali u bilan gaplashmadim, uchrashishga imkoniyat bo‘lmadi. Lekin imkon bo‘lishi bilan albatta gaplashaman.

Kiritildi: 12:01, 08.08.2022.
O'qildi: 2552 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.