Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Shaxmat-2022. Vauuu! O‘zbekiston g‘alabaga teng durangga erishdi!

Shaxmat-2022. Vauuu! O‘zbekiston g‘alabaga teng durangga erishdi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida 10-tur o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonning ikkinchi jamoasiga qarshi o‘ta qiyin o‘yinlarni o‘tkazdi.

Dastlab Nodirbek Yoqubboyev va Jahongir Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynashdi. Javohir Sindarov esa imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Nodirbek Abdusattorov esa kuchli shaxmatchi Gukesh bilan o‘yinda juda qiynaldi. Hind sportchisi debyutni va o‘yinning o‘rta qismlarini juda yaxshi o‘tkazdi va g‘alabaga yaqin edi. Ammo Abdusattorov nafaqat qiyin vaziyatdan chiqib ketdi, balki o‘yin so‘ngida g‘alabani ilib ketdi. Gukesh vaqt tanqisligiga duch kelgani uchun xatoga yo‘l qo‘ydi. Nodirbek bundan unumli foydalanib, g‘alabaga erishdi.

Natijada O‘zbekiston o‘ta qiyin raqib bilan durang o‘ynadi va 17 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Armaniston esa Ozarboyjonni mag‘lub etib, 17 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Paragvayga qarshi bahsda 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ertaga so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Raqiblarimiz birozdan keyin aniq bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:46, 08.08.2022.
O'qildi: 5948 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик