Dortmundning "Borussiya" klubi "Kyoln" hujumchisi Entoni Modestni o‘z safiga qo‘shib oldi.
34 yoshli fransuz yangi klubi bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Modest Bundesligada o‘ynashda katta tajribaga ega. U “Kyoln”dan tashqari “Xoffenxaym”da ham o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda hujumchi Bundesliganing 32 uchrashuvida 20 ta gol urdi va turnir to‘purarlari ro‘yxatida 4-o‘rinni egallab oldi.