Lukas Torreyra "Arsenal"ni tark etdi va Turkiyada o‘ynaydi. 26 yoshli urugvaylik yarim himoyachi "Galatasaroy"ga o‘tdi.
Torreyra "Arsenal"ga 2018 yilda "Sampdoriya"dan kelib qo‘shilgan edi. U 2019/20 yilgi mavsumda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
Lukas o‘tgan mavsumni ijara asosida "Fiorentina"da o‘tkazdi.













