Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Irqchilik mojarolari tufayli "MYU" Arnautovichning transferidan voz kechmoqchi

Irqchilik mojarolari tufayli "MYU" Arnautovichning transferidan voz kechmoqchi

Baho:
+ | -

Avstriyalik hujumchi Marko Arnautovichning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi xavf ostida. Insayder David Amoyalning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, kelishuv futbolchining irqchilik mojarolari tufayli barbod bo‘lishi mumkin.

"Mankunianliklar" bu janjallardan norozi, bu "qizil iblislar" imidjiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sababdan "Manchester Yunayted" avstriyalik hujumchi xizmatidan bosh tortishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Marko Angliya Premyer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega. Tumanli Albionda u "Vest Xem" va "Stok Siti" jamoalarida o‘ynagan. Avstriyalik futbolchi o‘tgan mavsumni Italiyaning "Bolonya" jamoasida o‘tkazdi.

Kiritildi: 10:42, 09.08.2022.
O'qildi: 2609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик