Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

"Real Madrid" "Barsa"ga yetib olishi, Anchelotti esa Gvardiolani ortda qoldirishi mumkin

"Real Madrid" "Barsa"ga yetib olishi, Anchelotti esa Gvardiolani ortda qoldirishi mumkin

Baho:
+ | -

Bugun Finlyandiyada Madrid klubi 2022/23 yilgi mavsumdagi ilk klub kubogi uchun "Ayntraxt" bilan o‘ynaydi.

"Real Madrid" tarixida sakkizinchi marta UEFA Superkubogi uchun o‘ynaydi. Finallarning umumiy soni bo‘yicha 2002, 2014, 2016 va 2017-yillarda kubokni qo‘lga kiritgan madridliklar “Milan”ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin. "Ayntraxt" bilan o‘yinda muvaffaqiyat qozongan taqdirda esa "Qirollik klubi" umumiy g‘alabalar soni bo‘yicha turnir rekordini ham takrorlaydi. “Milan” va “Barselona” besh martadan Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Karlo Anchelotti ikkinchi marta Superkubok bahsida "Real"ni boshqaradi. Italiyalikning birinchi urinishi muvaffaqiyatli chiqqan. Sakkiz yil avval “Real Madrid” “Sevilya”ni minimal hisobda mag‘lub etgandi. Zinedin Zidan madridliklar bilan ikki marta, yana bir marta esa Visente del Boske bilan kubokni qo‘lga kiritdi. Mag‘lubiyatlar Visente del Boske, Gus Xiddink va Xulen Lopetegi jamoani boshqargan yillarga to‘g‘ri keladi.

"Milan" bilan ham superkubokni qo‘lga kiritgan Anchelotti bugun o‘z nomini tarixga yozib qo‘yishi mumkin. Gap shundaki, birorta murabbiy to‘rt marta kubokni o‘zlashtira olmadi. Hozirgacha faqat Aleks Fergyuson o‘z faoliyatida to‘rtta finalda jamoasi bilan o‘ynagan. Ammo shotlandiyalik bor-yo‘g‘i ikkita Superkubokni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Anchelotti va Pep Gvardiolalar uchtadan g‘alaba qozonishgan.

"Real Madrid"ning raqibi "Ayntraxt" klubi an’anaviy tarzda Superkubok o‘yinlarida yomon o‘ynaydigan Germaniya sharafini himoya qiladi. 2013-yilgacha nemislar yettita finalda yetti marta omadsizlikka uchragan. Keyinchalik "Bavariya" statistikani biroz to‘g‘irladi. Va o‘shanda ham Myunxenga "Sevilya"ni mag‘lub etish uchun qo‘shimcha 30 daqiqa kerak bo‘ldi va "Chelsi" faqat penaltilar seriyasida taslim bo‘ldi.

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi 21-asrda Superkubokning to‘qqizinchi debyutantidir. Frankfurt birinchi urinishdayoq kubokni qo‘lga kirita olgan "Sevilya", "Zenit" yoki "Atletiko"dan o‘rnak olishi kerak.

Kiritildi: 12:29, 10.08.2022.
O'qildi: 7161 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик