Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lukaku: "Chelsi"ga qaytib qahramon bo‘laman deb o‘ylagandim..."

Lukaku: "Chelsi"ga qaytib qahramon bo‘laman deb o‘ylagandim..."

Baho:
+ | -

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Romelu Lukaku Londonning “Chelsi” klubidagi omadsizligi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda "Stemford Brij"ga o‘tganidan so‘ng belgiyalik futbolchi APLda 8 ta gol urgan va shundan so‘ng "Inter"ga ijara asosida qaytgan edi.

"Men "Chelsi"ga qaytib, klubning qahramoniga aylanaman deb o‘ylagandim, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. O‘tgan mavsum og‘ir kechdi, ammo mart oyida "Inter"ga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi. O‘shanda men keyingi qadamimga shubha qilmadim”, - dedi Lukaku DAZN bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" Lukakuni ijaraga olgani uchun 8 million yevro to‘lagan edi. Shuningdek, klub belgiyalik futbolchining keyingi mavsumdagi maoshini to‘liq qoplaydi.

Kiritildi: 18:33, 10.08.2022.
O'qildi: 1766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик