Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Paxtakor-79» mash’um fojiasiga 43 yil to‘ldi

«Paxtakor-79» mash’um fojiasiga 43 yil to‘ldi

Baho:
+ | -

1979 yilning 11 avgust sanasi o‘zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo‘yilgan.

Butun xalqning aza tutishiga sabab bo‘lgan hodisa Dneprodzerjinsk osmonida sodir bo‘lgan. O‘shanda o‘zbek futboli iftixori sanalgan “Paxtakor” jamoasi a’zolari samoda halokatga uchrashgan. Bu o‘zbek futboli uchun katta yo‘qotishga aylangan.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent-Guryev-Donesk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Fojia yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. Afsuski, ikki dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi. Nikolay Jukovskiy va Vladimir Sumskoyning xatosi shunday fojiaga sabab bo‘lgan. Bir vaqtda aloqada bo‘lgan bir necha samolyotdan qaysi biri ular tarafidan berilgan buyruqni bajarganini so‘rab olishni unutishgan. Yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo‘nalishda harakat qilayotganini tekshirishni esdan chiqarib, aviahalokatga sabab bo‘lishgan.

13.35.38: 95 daraja burchak ostida 65916 raqamli Tu-134A shu rusumdagi 65735 raqamli boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketadi. Har ikki samolyot uchuvchilari qalin bulut tufayli qarshisidagi samolyotni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmagan. 8300 metr balandlikda Moldova samolyoti Minskka qarashli samolyotning qanot qismiga kelib urilgan. Komandir Komarov «Paxtakor» uchayotgan layner boshqaruvini 4500 metr balandlikkacha germetizasiya buzilgan holatda ham ushlab turgan, biroq shundan keyin samolyot keskin ravishda qulashni boshlagan.

Halokat to‘g‘risida birinchi bo‘lib o‘sha payt havoda bo‘lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: «Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari».

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to‘nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo‘ldi. 9 oydan keyin bo‘lib o‘tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori e’lon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yildan ozodlikdan mahrum etilgan.

Ushbu halokatdan juda ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Chunki o‘sha mavsumda «Paxtakor» ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yuqori o‘rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, ba’zi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Yevrokuboklarda o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilayotgandi. Fojia oqibatida nafaqat ko‘plab insonlar halok bo‘ldi, balki bu o‘zbek futbolining rivojlanishiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Futbol ichida bo‘lgan bir butun bir avloddan ajralib qolganmiz.

Samoda halok bo‘lgan o‘yinchi va jamoa a’zolarining ro‘yxati mazkur insonlardan iborat:
Idgay Borisovich Tazetdinov  13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilyevich Chumakov  08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur
Mixail Ivanovich An   19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov  05.01.1956 Hujumchi
Olim Masoliyevich Ashirov   25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev   14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix  07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov  04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov  25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilyevich Makarov  09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolayevich Churkin   25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov  10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Mo‘sinovich Eshbo‘tayev  08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valiyevich Sobirov  14.01.1958 Hujumchi

Shu tariqa ishqibozlarni armonda qoldirib, «Paxtakor» aviahalokatga uchradi. Tez fursat ichida Toshkentga boshqa jamoalardan futbolchilar chaqirilib, jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko‘z yumgan butun bir jamoa o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O‘sha mash’um halokat tufayli ko‘p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko‘ngil uzishdi.

Ushbu sanada o‘zbek futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan «Paxtakor»-79ni eslash, yodga olish va ularning haqqiga duo qilish barcha uchun ham qarz, ham farz. Biz o‘sha «Paxtakor»ni hech qachon unutmaymiz. Samoda halok bo‘lgan 17 nafar qahramonlar doimo biz bilan birga!

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:35, 11.08.2022.
O'qildi: 1694 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.