"Lasio" prezidenti Klaudio Lotito jamoa futbolchisi Milinkovich-Savichning kelajagi haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Nima, Milinkovich uchun 50 million taklif qilishdi? Kechirasiz, lekin men uni bu miqdorga sotmayman. Chunki u bundan ko‘piga arziydi. Xullas, bu yoz uchun bizning rejalarimiz yakunlandi. Men hech qanday futbolchini sotmoqchi emasman. Hammasi Sarri aytganday bo‘ladi".
"Lasio" Milinkovich-Savichni 2015 yilda "Genk"dan xarid qilgan. U uchun "MYU" qiziqish bildirmoqda.