Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Tuxel - Fofana haqida: "Kechirasiz, hech narsaga izoh berishni xohlamayman"

Tuxel - Fofana haqida: "Kechirasiz, hech narsaga izoh berishni xohlamayman"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Lester" klubining markaziy himoyachisi Uesli Fofananing jamoaga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi.

"Kechirasiz, lekin men hech narsaga izoh bermayman. Savolingiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, men javob bermayman”, — dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Oldinroq Britaniyaning The Telegraph nashri "Lester" faqatgina "Chelsi" futbolchini futbol tarixidagi eng qimmat markaziy himoyachiga aylantirishga rozi bo‘lsa, Fofanani qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishini xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda eng qimmat markaziy himoyachi Virjil van Deyk bo‘lib, u 2018 yilda "Sautgempton"dan "Liverpul"ga deyarli 85 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

22 yoshli Fofana "Chelsi"ga o‘tishni istaydi va "Lester" rahbariyatidan o‘zining ketishini tezlashtirish uchun bosim o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 17:19, 12.08.2022.
O'qildi: 1475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик