Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya - Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad

Shaskix: "Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarning o‘zidan samarali foydalanganimizda bahs taqdirini hal etishimiz mumkin edi"

Shaskix: "Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarning o‘zidan samarali foydalanganimizda bahs taqdirini hal etishimiz mumkin edi"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Neftchi"ga qarshi (2:0) o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin qiziqarli va keskin kechdi. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarning o‘zidan samarali foydalanganimizda bahs taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Biroq ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" bizga muammo yaratishga urindi, lekin qizil kartochkadan so‘ng biz to‘liq ustunlikka ega bo‘ldik. Ikkinchi gol o‘yinni deyarli yakunladi. Keyin to‘pni xotirjam nazorat qilib, bahsni nihoyasiga yetkazdik.

Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilardan ko‘nglim to‘lmoqda. Taktik uslubga har bir o‘yinchi ko‘nikib olgach, yanada yaxshiroq futbol ko‘rsatamiz.

Har bir raqib jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. "Neftchi" oxirgi o‘rinlarda bormoqda, lekin jiddiy muammo yaratadigan jamoa. Superligada barcha maydonlar yaxshi bo‘lishini istardim. Shunda o‘yinlar tezroq, keskinroq bo‘ladi. Ushbu maydon holati yomon emas, ammo uch jamoaning o‘yin o‘tkazayotgani sababli yuklamaga chiday olmasligi mumkin. Keyingi yil Farg‘onada o‘ynashdan xursand bo‘lamiz. Futbol ishqibozlar uchun o‘ynaladi", - dedi Shaskix.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:25, 12.08.2022.
O'qildi: 2393 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик