Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Viktor Kumikov: "Yutishimiz kerak edi, vazifani bajardik"

Viktor Kumikov: "Yutishimiz kerak edi, vazifani bajardik"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Turon” (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiy Viktor Kumikov savollarga javob qaytardi.

— Albatta, bu o‘yinni yutishimiz kerak edi. Ushbu vazifani bajardik. Biroz xatolar ham bo‘ldi, buni rad etib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Bahs oxirida biroz bo‘shashdik. Nimaga bunday bo‘ldi, bilmayman. O‘yinni tahlil qilib o‘rganamiz. Tajribali himoyachilarimiz qoniqarsiz o‘yin ko‘rsatishdi.

— O‘yindan qoniqdingizmi?
— Ha, natijadan qoniqdim, o‘yindan emas. Yana nima deyishim mumkin? Hozir himoyachilar bilan biroz gaplashib oldim. Vaziyatlar sodir etildi, ozgina nimadir yetishmadi. Hujumda rejadagidek harakat qildik. Golni urdik, ammo o‘zimiz xohlaganimiz kabi himoyada unchalik o‘ynay olmadik.

— Oxirgi daqiqalarda jamoada nimadir yuz berdimi? Chunki sustkashlik bo‘ldi.
- Bilmadim, nima bo‘lganini. Markaziy himoyamizda qoniqarsiz harakat kuzatildi. Ular tomonidan 3 ta xato yuz berdi. O‘yinni tahlil qilib, nima bo‘lganini o‘rganamiz. Amalda qo‘rqinchi hech narsa bo‘lgani yo‘q, faqat uzatmalarni ko‘yib yuborishdi.

— Raqib oxirgi daqiqalarda ko‘p o‘yinchi almashtirdi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Bilasizmi, raqib jamoa 1:0 hisobida yutqazayotgandi va oxirgi daqiqalarda ularda yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. O‘yinchi almashtirish kerak va ular shu yo‘lni tanladi. Ikki markaziy himoyachilar ham hujumga qo‘shilishdi. Bunday vaziyatda yutqazgandan ko‘ra shunday o‘ynab yutish kerak. Yutishimiz kerak edi va shunga harakat qildik.

— Keyingi o‘yin ham Kubok doirasida “Turon” bilan o‘tadi. Yana shunday taktika qo‘llaysizmi?
— Qanday taktika qo‘llardik?! Yutadigan taktika qo‘llaymiz. Ko‘ramiz, o‘yinga 10 kuncha vaqt bor. Hozir biz yutdik, birinchi o‘ringa chiqdik. Endi biroz dam olamiz, keyin ko‘ramiz nima bo‘lishini.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:33, 14.08.2022.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.