Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe noaniq amalga oshirgan bo‘lsa-da, baribir "PSJ"ning doimiy "penaltichisi" bo‘lib qolaveradi. Bu Neymarga yoqmadi

Mbappe noaniq amalga oshirgan bo‘lsa-da, baribir "PSJ"ning doimiy "penaltichisi" bo‘lib qolaveradi. Bu Neymarga yoqmadi

Baho:
+ | -

"PSJ" shanba kuni Liga 1 doirasida "MonpelYE" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. Birinchi bo‘limda Kilian Mbappe belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. Ikkinchi bo‘limda parijliklar yana penalti ishlashdi va bu safar Neymar "nuqta"da adashmadi.

Shunga qaramasdan, Mbappe "PSJ"da doimiy penalti tepadigan futbolchi bo‘lib qolaveradi. Bu esa Neymarga aniq yoqmadi, chunki braziliyalik futbolchi bir vaqtning o‘zida ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu bo‘yicha bir nechta postlarga "layk" bosdi.

"Neymar bugun yana bir bor penaltini aniq amalga oshirdi. Mbappe esa noaniq bajardi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "PSJ" bosh murabbiy Mbappe jamoaning doimiy penalti tepadigan futbolchisi bo‘lishini aytdi. Absurd!" - deb yoziladi Neymarga yoqqan postlardan birida.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" "MonpelYE"ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 16:32, 14.08.2022.
O'qildi: 2734 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.