Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Kelli – butun Britaniya qahramoni!

Kelli – butun Britaniya qahramoni!

Baho:
+ | -

Ayollar o‘rtasidagi Yevro-2022 finalida Angliya termasi g‘alabasini ta’minlagan gol muallifi Xloye Kelli bir zumda butun Britaniya qahramoniga aylandi.

«Manchester Siti» hujumchisi endi Angliya sport nashrlari muqovasidan tushayotgani yo‘q. Eslatma, Yevropa chempionati finalida Angliya va Germaniya termalari o‘zaro hisob-kitob qildi. Asosiy faktni yana bir bora ta’kidlash joiz - hal qiluvchi uchrashuvni «Uem­bli» stadionida 87192 muxlis kuzatdi va bu ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasidagi qit’a chempionati uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi!

Tabiiyki, final maksimal darajada ehtirosli chiqdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangach, inglizlar 110-daqiqada g‘alaba golini nishonlashdi. Angliya ayollar termasining ilk marta Yevropa chempioni bo‘lishini ta’minlagan gol muallifi - Xloye Kelli. 1998 yilning 15 yanvar kuni Londonda tug‘ilgan hujumchi «Kuinz Park Reynjers» maktabida tahsil olgan, keyin «Arsenal» akademiyasiga o‘tgan. Kelli kattalar futbolidagi debyutini 17 yoshida nishonlab, ilk o‘yindayoq «Uotford» darvozasiga gol urdi (Liga kubogi turnirida). Xloye 2016 yilga kelib, ijara kelishuvi asosida «Everton» safiga qo‘shildi, yana ikki mavsumdan so‘ng «Liverpul» bilan to‘laqonli shartnoma tuzdi. 2020 yilning yozida esa tezkor qizni «Manchester Siti» o‘z tomoniga og‘dirdi va u «shaharliklar» bilan darhol Ang­liya kubogini qo‘lga kiritdi. Yaqinda esa Liga kubogi turnirida ham zafar quchdi.

Xloye avvalgi mavsum oxirida tizzasidan jarohatlandi va deyarli yil bo‘yi davolanishiga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, uning Angliya terma jamoasidagi o‘rni daxlsiz qoldi. Mana, Kelli Yevro-2022da tarix yozdi! Umuman olganda, Xloye Angliyaning barcha yosh toifasidagi terma jamoalari chig‘irig‘idan bir maromda o‘tdi. Ya’ni avvaliga 15 yoshlilar guruhida o‘ynadi, keyin o‘smirlar va yoshlar termalarida yetakchilik qildi, yakunda kattalar jamoa­siga qo‘shildi. Xloye jumladan, 2018 yili yoshlar o‘rtasidagi JCHda bronza medali sohibiga aylangan edi. Endi esa nafaqat o‘zi, balki butun Angliya ayollar futboli uchun eng muhim g‘alabada bosh rolni bajardi!

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:00, 14.08.2022.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.