"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Menimcha, Silva shu yerda qoladi. O‘ylashimcha, bizda tashvishlanadigan hech narsa yo‘q», - dedi futbolchi Goal.com portali bilan suhbatda.
Avvalroq OAVda "ko‘k-anorranglilar" Bernardu bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning transferi uchun kataloniyaliklar 60 million yevro to‘lashga tayyor edi.
Silva 2017 yildan beri "Manchester Siti"ning sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan.