Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Ayaks" bu himoyachisini sotish orqali yaxshi foyda ko‘radi

"Ayaks" bu himoyachisini sotish orqali yaxshi foyda ko‘radi

Baho:
+ | -

Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, "Ayaks" himoyachisi Perr Sxyurs "Torino"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi 22 yoshli niderlandiyalik bilan shartnoma borasida kelishib olgan. “Torino” futbolchi uchun 9,5 million yevro va bonus sifatida 3,5 million yevro to‘laydi. Shuningdek, “Ayaks” himoyachining keyingi sotuvining 15 foizini oladi.

Sxyurs o‘tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 11:33, 16.08.2022.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик