Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real" Kazemironi "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor

"Real" Kazemironi "Manchester Yunayted"ga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi 30 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi sotishga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Lukas Navarrete ijtimoiy tarmoqlarda.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar "qizil iblislar" futbolchini sotib olish uchun sezilarli summa taklif qilsa, transfer amalga oshadi.

Yarim himoyachining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali uni 40 million yevroga baholamoqda. U "qaymoqranglilar" safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.

La Liganing 1-turida “Almeriya” jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) Kazemiro 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Kiritildi: 11:21, 17.08.2022.
O'qildi: 7193 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик