Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Nunyes, Jota va Firminosiz - "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin uchun "Liverpul"da 3 ta hujum varianti bor

Nunyes, Jota va Firminosiz - "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin uchun "Liverpul"da 3 ta hujum varianti bor

Baho:
+ | -1

Tarkib bilan bog‘liq muammolar shu bilan tugamaydi.

Darvin Nunyes "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun Premyer-liganing navbatdagi uchta o‘yiniga diskvalifikasiya qilindi.

Diogu Jota ham mavsumoldi jarohatidan forig‘ bo‘lishi uchun yana kamida to‘rt haftani maydondan tashqarida o‘tkazib yuboradi. Roberto Firmino "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi, uning yo‘qligi ehtiyot choralari bilan izohlandi, ammo ayni damda uning kelasi haftada "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynay olishiga katta shubhalar bor.

Ehtimol, Yurgen Klopp "Liverpul"dagi faoliyati davomida birinchi marta odatdagidek uch kishilik hujumni yig‘ish uchun yetarlicha hujumchiga ega emas.

Bunday vaziyatda Muhammad Saloh va Luis Diaz katta sahnaga chiqishi aniq, ammo baribir Kloppning pozisiyasi ancha murakkabligicha qolmoqda. Demak, keling, “MYU”ga qarshi o‘yin uchun mersisaydliklarning uchta taxminiy hujum chizig‘i variantini ko‘rib chiqamiz.

1-variant: Elliot o‘ng qanotda, Saloh markazda

"Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda biz Xarvi Elliotning o‘ng qanotda juda yaxshi harakat qilganini ko‘rdik. U bahsni o‘ng qanot yarim himoyachisi sifatida boshladi, lekin uchrashuv davomida o‘z pozisiyasidan ko‘ra yuqoriroqda ko‘proq harakat qildi.

Saloh asosan vinger pozisiyasida o‘zini qulay his qilsa-da, uning markaziy hujumchi sifatidagi statistikasi hayratlanarli - Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, u bu nuqtada 29 o‘yin o‘tkazib, 24 gol urgan va 11 golga assistentlik qilgan.

2-variant: Trent - aldamchi to‘qqizlik pozisiyasida

Nunyesning chetlatilishida eng hayratlanarlisi shundan keyin “Liverpul”ning qanday o‘ynagani bo‘ldi – Trent Aleksandr-Arnold deyarli yarim soat davomida aldamchi to‘qqizlik sifatida harakat qildi.

Trent faoliyatini davomida hech qachon bunday vazifani bajarmagan va "Pelas"ga qarshi o‘yinda u deyarli bu pozisiyada foydali harakatlar bilan ajralib turmadi. Uning ideal pozisiyasi hamon o‘ng qanot himoyasi yoki yarim himoyasi bo‘lib turibdi.

Biroq, uni markazda qo‘llash, albatta, "Liverpul"dagi ba’zi muammolarni hal qiladi, chunki yarim himoya ham jarohatlar bilan bog‘liq inqirozga duch kelmoqda. Bu, shuningdek, Elliotning oldinga siljishiga va Salohning markazga o‘tishiga imkon beradi.

Agar Klopp bu taktikani sinab ko‘rsa, bu albatta qiziqarli tajriba bo‘ladi.

3-variant: 4-4-2 sxemasi

"Liverpul" deyarli umuman 4-4-2'dan foydalanmaydi, Klopp qo‘l ostidagi jamoalar 99% uch hujumchi bilan o‘ynaydi. Biroq, hozir sharoit shundayki, murabbiy biroz boshqacha yo‘l tutishi kerak.

Elliott o‘ng qanot yarim himoyasida yaxshi o‘ynadi va uni o‘sha yerda qoldirish mantiqan to‘g‘ri. Chap qanotda Nabi Keyta maydonga tushishi mumkin.

Bu futbolchilarning pozisiyasi yuqoridagi kabi qat’iy qoidalarga ega bo‘lmaydi, chunki "Liverpul" o‘yinchilari o‘yin davomida ko‘pincha o‘z nuqtalarini almashtiradilar.

Albatta, Klopp bu vaziyatda qiziqarli va kutilmagan taktika qo‘llashi mumkin ekanligini ham unutmasligimiz kerak.

Kiritildi: 00:00, 18.08.2022.
O'qildi: 5919 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.