Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Maksim Shaskix: "Paxtakor"ni shu yo‘l bilan sindirmoqchi bo‘lishsa, bu amalga oshmaydi. Biz kuchliroq bo‘lamiz"

Maksim Shaskix: "Paxtakor"ni shu yo‘l bilan sindirmoqchi bo‘lishsa, bu amalga oshmaydi. Biz kuchliroq bo‘lamiz"

Baho:
+ | -

"Olimpik" bilan bahsdan keyin "Paxtakor" ustozi matbuot anjumanida bellashuv haqida fikrlarini bildirdi.

- Ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik. Afsuski, birinchi taymda umuman o‘zimizga o‘xshamadik. Ikkinchi taymda esa maydonda umuman boshqa futbolchilarni ko‘rdik. Gol urishimiz kerak edi. Raqib ham juda ko‘p vaziyatlar yaratdi. Biz raqib xatosidan keyin gol urdik, ular bizning xatomizdan so‘ng urishdi. Vaziyatlardan foydalana olmadik.

Ochig‘i, yana hakamlik haqida gapirishni xohlamayman. Hozir vaziyatlarni takroran ko‘rib chiqdik. "Paxtakor"ni shu yo‘l bilan sindirmoqchi bo‘lishsa, bu amalga oshmaydi. Biz kuchliroq bo‘lamiz. VAR go‘yo xonada o‘tiradiganlar uchun o‘yinchoq. Ular boshqa narsani ko‘rishadimi, tushunmayman. To‘p yon chiziqdan chiqib ketsa ham, nimadirlarni ko‘rishadi, har gal to‘p maydonni tark etsa, nimanidir eshitishadi. Shu holatda qanday qilib o‘yinda shiddat, yuqori sur’at bo‘lishi mumkin? Hakamning maydonda borligi sezilmasligi kerak. Ikki jamoaga xalal bermasligi kerak. Xuddi Playstation olib kelib, tepada o‘ynab o‘tirishganday tuyuladi. Jizzaxda kulguli tarzda penalti belgilashdi. Bugun esa o‘yinchi to‘pni qo‘li bilan to‘syapti, keyin u darvozabonga yumalab boryapti. To‘p darvozabonga shunday uchib borishi uchun tananing qaysi qismiga tegishi kerak?

Hakam maydonda asosiy shaxs bo‘lib qolyapti. Yillar o‘tmoqda, lekin hech nima o‘zgarmayapti. Bilmayman, ular qanday futbol ko‘rishadi? Ularga nimalar o‘rgatiladi? O‘ylaymanki, ular ham YECHL, Yevro va JCHni ko‘rishadi. Shunchaki hamkasblari qanday boshqarishyapti, bir tomosha qilishsin. Ularga boshqacha hakamlik qilishni o‘rgatishadimi, bilmayman.

Qo‘shimchasiga VAR bor bo‘lsa, nima o‘zgaradi-yu, yo‘q bo‘lsa, nima bo‘ladi? E’tibor bering, ikkinchi davrada 4 ta o‘yin o‘tkazdik. VAR necha marta vaziyatlarni ko‘rdi va qanchasida bizning foydamizga qaror chiqardi? Menga ular keltirgan dalillarni eshitish qiziq. Penalti nega belgilanmagani bo‘yicha xulosalarini tinglashni xohlardim.

Ikkinchi bo‘limda taktik o‘zgarishlar qildik, ayrim jihatlarni balandroq ovozda tushuntirishimga to‘g‘ri keldi. Chunki birinchi taymda o‘z jamoamni tanimadim. Ikkinchi bo‘limda 3-4ta gol urishimiz mumkin edi. Bugun nasib qilmadi. Demak, boshqa o‘yinda uramiz. Hechqisi yo‘q, rivojlanishda va ishlashda davom etamiz.

Chempionlik uchun hamma jamoada bir xil imkoniyat bor. Hammasi oldinda, o‘yinlar ko‘p. Har bir bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Bizga xalal berishga qanchalik harakat qilishmasin, qo‘llaridan hech nima kelmaydi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:47, 18.08.2022.
O'qildi: 4362 marta.
Fikrlar: 45 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик