Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bayer" "MYU" qiziqish bildirgan hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

"Bayer" "MYU" qiziqish bildirgan hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubi o‘z hujumchisi Mussa Diabi bilan yangi shartnoma imzolash borasida muzokara o‘tkazmoqchi.

Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, nemis klubi rahbariyati hujumchi bilan hamkorlikni 2026 yilgacha uzaytirishga tayyor. Shu bilan birga, “dorishunoslar” fransiyalik futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilishsa, uni sotish ehtimolini istisno qilishmayapti.

Avvalroq, Diabiga "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

2021/2022 yilgi mavsumda hujumchi “Bayer” tarkibida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:48, 18.08.2022.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик