Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Diyor Imomxo‘jayev Superliganing 2ta o‘yinidagi hakamlik yuzasidan fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev Superliganing 2ta o‘yinidagi hakamlik yuzasidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Kechagi ikki o‘yin bo‘yicha hamma fikr so‘rabdi (go‘yoki, bizning fikrimiz bilan o‘yin qayta o‘tkaziladi yoki natija bekor qilinadi).

"Nasaf" — AGMK o‘yini bo‘yicha savollarimiz va e’tirozlarimiz bor. Buni bildirdik va o‘yinni ekspertlar guruhi o‘rganib chiqishini so‘rab, Hakamlar markaziga murojaat qildik. Agar bosh hakam o‘ziga ishonmayotgan bo‘lsa va VAR unga kerakli kadrni topib bera olmagan bo‘lsa, hammasini aniq ko‘rganiga ishonayotgan qanot hakamining fikrini eshitishi kerak emasmidi, degan savolni o‘rtaga tashladik. Fikrimcha, ikki kulminasion nuqtada Asimov AGMK manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek. Biroq, mening fikrim ham sizniki kabi sub’ektiv. Ishonamanki, ob’ektiv bahoni markaz beradi.  

"Paxtakor" — "Olimpik" o‘yini bo‘yicha hakamlarga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Yuqori templi va sifatli uchrashuv (futbolchilar xatolarini aytmasa). Jizzaxda maydon sifatsiz bo‘lsa, "Jar"da u — gilam. Fikrimcha, muvaffaqiyatsizlikka sabab hakamlardan izlanishi kerak emas. Biz klublar murabbiylaridan mundialga chiqishimiz uchun nima qilishimiz kerak, deb so‘ramayapmiz. Klublar ham murabbiy bilan shu yo‘sinda shartnoma imzolaydi, deb o‘ylamayman. Murabbiy o‘z klubi uchun javob berishi kerak. To‘p "Olimpik" futbolchisining qo‘liga tekkan vaziyatda bemalol aytishim kerak — bu yerda penalti yo‘q. Yaqin masofadan to‘pni kimdir sizga zarb bilan tepsa, siz ham o‘zingizni maksimal holatda shunday himoya qilasiz, himoyachi to‘pni qo‘li bilan qaytarishni emas, to‘pdan kamroq zarar ko‘rishni o‘yladi (IMHO). Qolgan ikki kulminasion vaziyatda esa kamida "Paxtakor" foydasiga qaror chiqarildi, e’tiroz bildirsa, "Olimpik" bildirishi kerak. Ikkinchi klub xatoni boshqa yerdan izlasin.

Diyor Imomxo‘jayev.

P.S. Hamma bir narsani tushunishi shart. Uchrashuvda asosiy narsa VAR emas, bosh hakam. Bosh hakam o‘ziga yuz foiz ishonsa, VAR chaqiruviga bormaslikka haqqi bor. VAR qizil deya shubha bildirsa, ammo bosh hakam bu fikrga qo‘shilmasa, qizil bermaslikka haqqi bor. Hakamlar qaror qabul qilayotganda aniq kriteriyalardan kelib chiqishi uchun maksimal darajada harakat qilinadi. Ammo siz-u biz kabi hakamlarning ham o‘z fikr va qarashlari bor. Buni tushunish kerak. VAR bosh hakamga yordamchi va har qanday holatda ham yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi, VAR emas.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:13, 18.08.2022.
O'qildi: 4022 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.