Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Lazarevich: "O‘ylashimcha, biz yanada ko‘proq vaziyatlardan foydalanishimiz mumkin edi"

Lazarevich: "O‘ylashimcha, biz yanada ko‘proq vaziyatlardan foydalanishimiz mumkin edi"

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" (4:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Murabbiyning o‘yin haqidagi fikrlari qanday?

- Birinchi navbatda "Dinamo" jamoasiga rahmat demoqchiman. O‘yinga tayyorgarlik payti "Dinamo"ning "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinini qayta tomosha qildik. Biz raqibni yaxshi analiz qildik. Bugun o‘z vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. O‘ylashimcha, biz yanada qo‘proq vaziyatlardan foydalanishimiz mumkin edi. O‘yinchilarim o‘yin oxiriga qadar tartib namoyish qilishdi.

- "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda jamoa 5-3-2 sxemasida harakat qildi. Umuman bu taktikada jamoa unchalik ham yaxshi o‘ynolmayotgandi. So‘nggi o‘yinlarda esa "Qizilqum" 4-3-3 sxemasida harakat qilayapti va natija yaxshi tomonga o‘zgaryapti. Bu haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, biz raqiblarga qarshi juda jiddiy tayyorlangandik. Biz hozirda 4-3-3 sxemada o‘ynay olamiz. Sababi, tarkibimizga bir necha yangi o‘yinchilar qo‘shildi. Boshida esa biz 5-3-2 sxemasida o‘ynayotgandik. Biz boshqa taktikalarda ham o‘ynay olishimizni sinab ko‘rmoqchimiz. Bir narsani ta’kidlash lozimki, o‘ynaydigan taktik sxemamiz albatta raqibdan kelib chiqib tanlanadi. Bugun "Dinamo"ga qarshi barchasi o‘xshadi. "Lokomotiv"ga qarshi esa sxemamiz boshqacha bo‘lgandi. Yana qaytaraman, barchasi bo‘lajak raqibga qarab tanlanadi.

Manba: "Қизилқум" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:30, 19.08.2022.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.