Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Luisma Ernandes: «Bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynadik va g‘alaba qozondik»

Luisma Ernandes: «Bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynadik va g‘alaba qozondik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (1:2) o‘yinidan keyin bekobodliklar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlarini bildirdi.

— O‘yin haqida.
— Bugun eng qiyin o‘yinlardan birini o‘tkazdik. Ikki jamoaga ham g‘alaba suv va havodek zarur edi. Shu bois iloji boricha hujumkor o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirgandik. Bor imkoniyatlardan unumli foydalana oldik, g‘alabaga munosib edik deb o‘ylayman.

"Surxon" so‘nggi daqiqalarda yuqori pressing qo‘lladi. O‘sha vaziyatlarda bizga ayrim futbolchilarimizning yo‘qligi sezildi. O‘ylashimcha, bu raqib jamoa uchun qo‘l keldi. O‘tgan hafta juda qiynaldik. Chunki ko‘plab yo‘qotishlarimiz bor edi. Shunga qaramasdan, bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Futbolchilar, murabbiylar, jamoa rahbariyati va muxlislarni bu bilan tabriklayman! "Surxon" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad!

— Odatda "Metallurg" ikki hujumchi va hujumchi ortida harakatlanadigan futbolchi bilan o‘ynardi. Damir Temirov va Behruz Shodmonov jarohat olgani uchun bir nafar hujumchi va ikki nafar vinger bilan o‘ynadingiz. Bugun qo‘llagan yangi uslubingiz haqida nima deya olasiz? Keyinchalik ham foydalanasizmi?
— Kelajakda bu uslubda o‘ynash yoki o‘ynamaslik haqida hali o‘ylab ko‘rmadik. Lekin vaziyatdan kelib chiqib shu taktika asosida o‘ynashga qaror qildik. O‘ylashimcha, bu o‘zini oqladi.

— Damir Temirov olgan jarohat qanchalik jiddiy?
— Damir Temirov jiddiy jarohat olgan. U 2 haftadan keyin safga qaytadi.

— O‘tgan uchrashuvda Bektemir Abdumannonov debyut qilgandi, bugun esa Mirkomil Abdurazzoqov ilk marta maydonga tushdi. Yoshlar ishonchni oqlashyaptimi?
— Yozdan beri jamoani yoshartirish haqida o‘ylab kelayotgandik. O‘ylaymanki, rejamiz o‘z mevasini beryapti. Akademiyada yoshlarni tayyorlab, jamoa uchun kerakli futbolchilarni yetishtirib chiqarmoqchimiz.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 15:48, 19.08.2022.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.