Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Xitoyliklar "asiriga" aylangan Oskar hikoyasi

Xitoyliklar "asiriga" aylangan Oskar hikoyasi

Baho:
+ | -

“Jahon chempionatiga chiqish-chiqmaslik meni qiziqtirmaydi. Xitoyga ko‘chib o‘tganim uchun meni doimo tanqid qilishadi, lekin men o‘z kelajagim va oilamning kelajagi haqida qayg‘uraman. Men keksayganimda kambag‘al yashashni va Jahon chempionatida qanday o‘ynaganimni eslashni xohlamayman".

Yuqoridagi gaplarni 25 yoshli braziliyalik Oskar 2018 yilda "Chelsi" dan "Shanxay SIPG" ga o‘tganidan keyin aytgandi. Yarim himoyachi Premyer-ligadagi o‘z pozisiyasida eng zo‘r o‘yinchilardan biri edi, Transfermarkt 35 million yevroga baholagan va oldinda Braziliya terma jamoasi tarkibida mustahkam o‘rnashib olish imkoniyati bor edi. Oskar bularning barchasini dunyoning narigi chekkasidagi pulga almashtirdi. U yiliga sof 24 million yevro maosh olgan – o‘sha paytda faqat Messi, Ronaldu va Neymar undan ko‘proq maosh olishgan.

"Men Xitoy chempionatiga o‘tishni quyi ligaga tushish deb o‘ylamayman", dedi Oskar transferdan keyin. “Ishonchim komilki, kelajakda Xitoy chempionati dunyoning yetakchi ligalaridan biriga aylanadi”.

Oskar unga xitoyliklardan tashqari “Atletiko”, “Yuventus”, “Inter” va “Milan” klublari ham qiziqish bildirganini aytdi. Shuningdek, u Xitoyda rad etib bo‘lmaydigan takliflar berishini aytdi. Oddiy qilib aytganda, u hayotini birinchi o‘ringa qo‘ydi. To‘g‘ri, "Chelsi" ham transfer uchun olingan 70,5 million yevroni rad eta olmadi.

"Futbolga bo‘lgan ishtiyoq pulga bo‘lgan ishtiyoqdan kuchliroq bo‘lishi kerak", - dedi o‘sha paytda "Chelsi"da ishlagan Antonio Konte Oskarning ketishi haqida. “ Bolaligimizda futbol o‘ynashni boshlaganimizda, pul haqida o‘ylamaymiz. Agar o‘ynash istagidan ko‘ra pulga bo‘lgan ishtiyoq muhimroq bo‘lsa, bu yomon. Oskarning ketishidan afsusdaman, chunki u juda yaxshi futbolchi”.

Xitoyda Oskar muxlislar nazaridan chetda qoldi. 5 yil ichida u faqat bitta kubokni oldi. Ammo u mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha milliy chempionat rekordini yangiladi.

Ammo, ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli Oskar hali ham Yevropaga qaytishi mumkin. Hech bo‘lmaganda, u bunga ishonadi - masalan, 2022 yilning qishida u "Barselona"ning unga bo‘lgan qiziqishi haqida hayajon bilan gapirdi. Bu Oskarning Yevropaga qaytishi haqida birinchi marta gapirayotgani emas. 2019 yilning yozida u "Inter" va "Milan" bilan muzokaralar olib borayotganini va shu bilan birga terma jamoada o‘ynash uchun Xitoy fuqaroligini olishni istashini aytgandi.

"Men "Chelsi"dagi faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylayapman, chunki u yerda ajoyib vaqt o‘tkazdim", - deydi Oskar intervyuda. “Ular menga Premyer-ligada g‘alaba qozonishimga va yaxshilanishimga yordam berishdi. U yerda ko‘p do‘stlarim bor. Faoliyatimni u yerda yakunlash uchun ajoyib formani saqlab qolishga harakat qilaman. Menda ajoyib statistika bor va o‘ylaymanki, “Chelsi”da menga joy topiladi”.

Oskar Xitoyda yetarlicha vaqt o‘tkazdi va ketishni istayapti shekilli. Yevropada unga qiziqish sust, Braziliyada esa “Flamengo” uni qo‘lga kiritmoqchi edi. Muammo shundaki, xitoyliklar ular uni qo‘yib yubormoqchi emaslar. The Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi o‘z vataniga qaytib, klub bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan, biroq "Shanxay SIPG" kelishuvga to‘sqinlik qilgan va kerakli hujjatlarni imzolashdan bosh tortgan.

U Xitoyga ko‘chib o‘tganida, Oskar o‘z qarori uchun juda ko‘p tanqidlarga uchradi, ko‘pchilik buni pulga bo‘lgan o‘chlik, deb hisobladi. Oskar oltin qafasga tushib qolganga o‘xshaydi, u yerdan chiqish unchalik oson bo‘lmaydi. Xitoyda 100 million yevro ishlab topganingizdan so‘ng, oilangiz kelajagi haqida qayg’urmasangiz ham bo‘ladi.

Kiritildi: 18:00, 19.08.2022.
O'qildi: 7228 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.