Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! "Chelsi" yana bir xaridni amalga oshirdi (foto)

Rasman! "Chelsi" yana bir xaridni amalga oshirdi (foto)

Baho:
+ | -

"Chelsi" o‘zining rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Chezare Kazadei bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 19 yoshli italiyalik futbolchi 6 yillik shartnoma imzoladi.

Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, "Chelsi" Kazadei uchun "Inter"ga 15 million yevro to‘lagan.

Aytish joizki, Chezare Kazadei "Inter"da o‘smirlar va yoshlar jamoalarida to‘p surgan. Yarim himoyachi "neradzurrilar" tarkibida debyut qilishga ulgurmadi, garchi o‘tgan mavsumda Simone Indzagi futbolchini mashg‘ulotlarga jalb qilgan bo‘lsa-da.

"Chelsi"ning navbatdagi o‘yini 21 avgust kuni "Lids"ga qarshi bo‘ladi.

Kiritildi: 18:07, 19.08.2022.
O'qildi: 9520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик