Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

Messi - sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchi. U pulni qayerga sarflaydi?

Messi - sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchi. U pulni qayerga sarflaydi?

Baho:
+2 | -

Faoliyati davomida u milliarddan ortiq daromad oldi!

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Messi o‘tgan yil davomida "PSJ"da 75 million dollar ishlab topgan, bu sport daromadlari bo‘yicha sayyoramizdagi barcha sportchilardan ko‘p.

Uning Parijdagi maoshi birgina yiliga 35 million dollarni tashkil etadi, demak u haftasiga 738 000 dollar yoki kuniga 105 000 dollar yoki soatiga 8 790 dollar oladi.

Evening Standard xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi o‘tgan yozda fransuz jamoasi bilan shartnoma imzolagani uchun 25 million dollar bonus puli olgan.

Messi o‘tgan yili maydondan tashqari 55 million dollar ishlab topgandi. Faqat tennis ramzi Rojer Federer va NBA superyulduzi Lebron Jeyms undan bu borada o‘zib ketgan.

Argentinalik yiliga 20 million dollar daromad keltiruvchi Socios kriptovalyuta platformasi bilan hamkorlikdan tashqari, Adidas, Budweiser va PepsiCo bilan tuzilgan shartnomalar Lionelning boyligiga katta hissa qo‘shadi.

O‘tgan iyun oyida Messi Hard Rock International'ning birinchi sport brendi elchisiga aylandi.

Messining boyligi 600 million dollarga baholanmoqda

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Messi o‘z faoliyati davomida, maydonda va undan tashqarida 1,15 milliard dollar ishlab topgan.

Faqat uchta sportchi - Lebron Jeyms, Krishtianu Ronaldu va Tayger Vuds Leodan ko‘proq maosh olishgan.

Messi pulini hashamatli mashinalarga sarflashni yaxshi ko‘radi

Lionelning garajida Ferrari F430 Spyder bor.
Goal nashrining yozishicha, Messining ajoyib avtomobil kolleksiyasi 2 million dollarlik Pagani Zonda Tricolore, Ferrari F430 Spyder, Dodge Charger SRT8 va Maserati Grad Turismo'dan iborat.

Mish-mishlarga ko‘ra, argentinalik eng qimmat avtomobil 1957 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 335 Sport Spider Scigaletti'ni 2016 yilda 37 million dollarga sotib olgan.

Messining ajoyib uylari bor

Messining eng hashamatli mulki uning Barselona chetidagi 7 million dollarlik saroyidir.

Arxitektura rejasiga ko‘ra, ob’ekt Kasteldefels chekkasida parvozlar taqiqlangan hududda joylashgan. Unda suzish havzasi, yopiq sport zali, teatr va kurort, shuningdek, Kataloniya tog‘lari va yaqin atrofdagi plyajning ajoyib manzaralari mavjud.

Shuningdek, Messi Xalk ismli iti bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radigan futbol maydoni ham bor.

Messi shuningdek “eko-uy”ga ega. Saroy Argentinaning ona shahri Rosarioda joylashgan.

2017 yildan beri Messi Majestic Hotel Group tomonidan boshqariladigan, Ibisa, Malyorka va Barselonada kurortlari bo‘lgan MiM Hotels tarmog‘iga egalik qiladi.

2021 yilda tarmoq Pireneylar qoq markazida – Aran vodiysida o‘zining birinchi qishki kurortini ochdi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt yulduzli mehmonxona 141 xonadan iborat bo‘lib, u spa, yopiq basseyn, fitnes markazi va tog‘ gid xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Messi 15 million dollarlik shaxsiy samolyotda uchadi

Messining 2004 yilda ishlab chiqarilgan Gulfstream V 2004 shaxsiy samolyoti ikkita oshxona va hammomni o‘z ichiga oladi va o‘n olti nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi, deya xabar beradi South Morning China Post.

Samolyotning dumida 10-raqam, argentinalik futbolchining "Barselona"dagi libosining raqami yozilgan. Zinapoyalarida esa Leoning o‘zi, uning rafiqasi Antonella va ularning farzandlarining ismlari yozilgan.

Saxiy Messi

2007 yilda Unicef bilan hamkorlikda tashkil etilgan Lionel Messi jamg‘armasi butun dunyo bo‘ylab bolalarga yordam beradi.

Unicef ma’lumotlariga ko‘ra, Messi 2017 yilda fondga Suriyadagi urush tufayli yetim qolgan 1600 nafar bola uchun maktab qurishda yordam berish uchun o‘z mablag‘ini xayriya qilgan, 2019 yilda esa Keniya fuqarolarini oziq-ovqat va suv bilan ta’minlash uchun 218 ming dollar xayriya qilgan, deb yozadi Goal.

Biz Leo Messi fondini yaratishga qaror qildik va men bolalarni xursand qilish uchun kurashni davom ettiraman. Men qanday futbol o‘ynasam, xuddi shunday kuch va fidoyilik bilan kurashaman", - degan Leo fond ochilishida.

Sports.ru materiallari asosida Abduburxon Mamajonov tarjimasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:30, 21.08.2022.
O'qildi: 12918 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.