Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Kumikov: "Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi birinchi taym bo‘ldi"

Viktor Kumikov: "Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi birinchi taym bo‘ldi"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Turon” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

— Viktor Balyutovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin qanday taassurot qoldirdi?

— Ikkinchi taymdan qoniqmadim, albatta. Eng asosiysi, g‘alaba qozondik. Nima uchunligini bilmaymanu, ammo ikkinchi taymdagi o‘yinimiz o‘xshamadi. Tanaffus vaqtida biz futbolchilar bilan gaplashib, yana birinchi taymdagi o‘yinni ko‘rsatish kerakligi bo‘yicha kelishib olgandik. Ikkinchi taymda 10 daqiqa vaziyatni ushlab turdik. Keyinchalik gol o‘tkazib yubordik. Vaziyatni ushlab turish uchun o‘yinchilarni almashtirdim. Ammo yana nimadir bo‘ldiyu, ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Muhimi, vazifani bajardik va g‘alaba qozondik.

— Doim bir xil savol berish jurnalist uchun qiyinroq. Ammo ikkinchi taymni so‘nggi daqiqalarida nima yuz berdi?

— Hisobni ushlashga harakat qildik. Men o‘yinchilarga albatta bunday demadim. Lekin o‘sha vaziyatlarda ularning ruhiyati shunga qaratilgandi. “Azart” o‘yin bo‘ldi. Shu orada futbolchilarni ham almashtirdim. Shunday bo‘lsa-da, hisobni ushlab qoldik.

— Siz o‘yindan qoniqmadingiz, to‘g‘rimi?

— Birinchi taymdan qoniqdim. Ikkinchi taymdan esa yo‘q. Bu joriy mavsumdagi eng yaxshi birinchi taym bo‘ldi. Hujumlar qildik, yaxshi himoyalandik, standart vaziyatlardan foydalandik va gollar urdik. Ikkinchi taym esa ancha og‘ir bo‘ldi. 3:0 hisobida yutayotib 2 ta to‘p o‘tkazib yuborish ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Bu haqiqiy ruhiyat bilan bog‘liq. Bu narsani to‘g‘rilashimiz kerak.

— Jamoaning Kubokdagi maqsadi qanday?

— Keyingi bosqichga chiqdik. Endi qur’ani kutamiz va shunga qarab tayyorgarlik ko‘ramiz.  

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:52, 22.08.2022.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик