Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kunde atrofidagi vaziyat qanchalik jiddiy?

Kunde atrofidagi vaziyat qanchalik jiddiy?

Baho:
+ | -

Jyul Kunde shu yozda "Sevilya"dan "Barselona"ga 50+5 million yevro evaziga o‘tdi - bu andalusiyaliklar uchun eng katta transfer hisoblanadi. Kataloniyaliklar "Chelsi" bilan kurashda himoyachi uchun g‘alaba qozonishdi va darhol bir milliard yevro tovon pulini belgilab qo‘yishdi. Ammo ular ushbu transfer oynasida allaqachon o‘yinchini yo‘qotishlari mumkin.

Qanaqasiga?

•‎ "Barsa" "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yin oldidan yangi kelgan 5 futbolchidan 4 tasini ro‘yxatdan o‘tkazdi - Robert Levandovski, Frank Kessie, Andreas Kristensen va Rafinya. Kunde ro‘yxatdan o‘ta olmagan yagona futbolchi bo‘lib qoldi. Buning uchun "Barsa"ga 20 million yevrodan ortiq qo‘shimcha pul kerakligi xabar qilingandi.

•‎ Bir hafta o‘tib, hech narsa o‘zgarmadi. Cadena SER tomonidan efirga uzatiladiganQuè T’hi Jugues ko‘rsatuvida fransuz futbolchisi agar klub uni 31 avgustgacha ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, "Barsa"ni tekinga tark etishi mumkinligini yozdi. Bu band shartnomada ko‘rsatilgan.

•‎ Ertasi kuni Xavi Kundeni ro‘yxatdan o‘tkazish klub uchun ustuvor vazifa ekanligini aytdi.

“Biz hech narsani bilmaymiz – biz kutish rejimidamiz. Kunde haqiqiy lider va ajoyib futbolchi. Umid qilamanki, u buni tez orada ko‘rsata oladi. U yaxshi mashq qildi, va kayfiyati yaxshi. Lekin uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun futbolchilarni sotishimiz kerak. Transfer oynasi 31 avgust kuni yopiladi va hozircha nima bo‘lishini bilmaymiz. Obameyang va Depay hamon biz bilan, ertaga biz ulardan foydalanamiz. Ammo asosiy vazifa Kundeni ro‘yxatdan o‘tkazishdir ", dedi "Barsa" ustozi.

•‎ La Liganing 2-turigacha ham ro‘yxatga olish bilan bog‘liq vaziyatni hal qilib bo‘lmasligi ma’lum bo‘lgach, Kundedan norozilik haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar fransiyalik futbolchini 3-tur doirasidagi "Valyadolid"ga qarshi o‘yingacha ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurishlari hali aniq emas. Qayd etilishicha, bitta Depayning ketishi “Barsa”ga Kundeni ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermaydi.

•‎ COPE jurnalisti Elena Kondis batafsil ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi: Memfisning ketishi "Barsa"ga taxminan 12 million yevro olib keladi, La Liga esa ikki baravar ko‘p pul talab qiladi. Obameyang, Serjinyo Dest va Samuel Yumtiti borasida boshqa klublar bilan muzokaralar hozircha davom etmayapti.

•‎ "Real Sosyedad" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Xavi yana vaziyat haqida gapirdi: "Ketadigan futbolchilar bilan bog‘liq vaziyat meni bezovta qilmayapti. Har kim o‘zi kelajagini belgilaydi. Kunde bilan bog‘liq vaziyat meni xavotirga solmoqda. Balki bugun u biz uchun o‘ynagan bo‘lardi.

Meni noto‘g‘ri tushunmang, bizning rahbariyat aql bovar qilmaydigan ishni qilmoqda. Lekin men xavotirdaman, chunki biz uni maydonga tushirish uchun shartnoma imzolaganmiz”, - dedi 42 yoshli ispaniyalik.

• “Barselona” shu yozda o‘zining 4 ta mashhur dastagini faollashtirdi, ammo baribir La Liganing maosh talabiga to‘g‘ri kelmayapti. Hozircha na De Yongni sotish, na futbolchilarning maoshlarni qisqartirishga ko‘ndirishning imkoni bo‘lmadi. Depay "Yuventus” bilan Obameyang esa "Chelsi" bilan faol muzokaralar olib bormoqda, Yumtiti esa "Lechche"ga ijaraga ketishga yaqin turibdi.

Kiritildi: 16:11, 23.08.2022.
O'qildi: 4577 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.