Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Barselona" Belyerinni qaytarishga tayyor, Ektor "Arsenal"ni tark etish niyatida

"Barselona" Belyerinni qaytarishga tayyor, Ektor "Arsenal"ni tark etish niyatida

Baho:
+ | -

"Barselona" yangi o‘ng qanot himoyachisi qidirishda davom etmoqda. Xuan Foyt (Vilyarreal) va Toma Menye (Borussiya D)ga muqobil sifatida ispan klubi o‘z tarbiyalanuvchisi, Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Ektor Belyerinni qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli Belyerin Foytdan ko‘ra "ko‘k-anorranglilar" uchun moliyaviy jihatdan qulayroq futbolchi bo‘lib turibdi. Menyeni "Borussiya" qo‘yib yuborishga tayyor emas, o‘tgan mavsumni "Betis"da ijarada o‘tkazgan Belyerin esa "Arsenal"ni o‘zi tark etishni rejalashtirmoqda. Ektor “Betis”ga qaytishni xohladi, ammo Sevilya jamoasida moliyaviy muammolar bor.

Belyerin "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U 2011 yilda ispan jamoasini tark etib, London klubiga yo‘l oldi.

Kiritildi: 16:44, 23.08.2022.
O'qildi: 2561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик