Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikkinchi bo‘limdagi ajoyib harakatlarimiz bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Ikkinchi bo‘limdagi ajoyib harakatlarimiz bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bugun o‘yinni ham, hisobni ham nazorat qildik. Birinchi goldan so‘ng yana ko‘plab vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Vaziyatlardan foydalanmaganimiz uchun o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Bu vaziyatda himoyachilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishgandi. Qolgan vaziyatlarda himoyachilarimiz tartibli harakat qilishdi.

Ikkinchi bo‘limdagi ajoyib harakatlarimiz bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Asosiysi biz keyingi bosqichga chiqdik. Bu bilan barcha muxlislarimizni tabriklaymiz.

Biz «Surxon» jamoasini yaxshi o‘rgangan edik. Jamoada xorijlik murabbiy faoliyat olib bormoqda. Biz raqib uzun uzatmalar bilan o‘ynashini bilardik. Shuning uchun biz uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynadik. Bu bizga foyda keltirdi», — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 21:53, 23.08.2022.
O'qildi: 1482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.