Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Rasman. Jaloliddin Masharipov faoliyatini Afrikada davom ettiradi!

Rasman. Jaloliddin Masharipov faoliyatini Afrikada davom ettiradi!

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharpiov faoliyatini Misr chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Qohira shahrining "Al-Ahli" klubi 28 yoshli futbolchining transferi borasida saudiyaliklar bilan kelishuvga erishishdi. Bu haqda saudiyalik jurnalist Abdulaziz az-Zamil xabar tarqatdi.

Shuningdek, ushbu xabarni "Al-Ahli" klubi vakillari ham tasdiqlashdi. Shartnoma imzolanganidan so‘ng bu haqda rasmiy xabar tarqatiladi. Masharipovning o‘zi ham faoliyatini Misrda davom ettirishga rozi bo‘lgan. Transfer summasi va futbolchining "Al-Ahli" bilan shaxsiy shartnomasi haqida ma’lumot berilmadi.

Jaloliddin 2021 yilning yanvar oyida 1 mln. yevro evaziga Saudiyaning "An-Nasr" klubiga o‘tgandi. Ammo klub o‘sha paytda o‘zbekistonlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani uchun uni BAAning "Shabab al-Ahli" klubiga ijaraga bergandi. Masharipov bu jamoa safida BAA liga kubogi va BAA prezidenti kubogi musobaqalarida g‘olib chiqdi.

Futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining 2021/2022 yilgi mavsumida 26ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol va 6 assist muallifiga aylandi. U "An-Nasr" bilan chempionatning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Masharipov ar-riyodliklar safida OCHL-2021da yarim finalgacha yetib bordi.

Qohiraning "Al-Ahli" klubi Misr chempionatining joriy mavsumida 31ta o‘yindan so‘ng 64 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 2-o‘rindagi "Piramids" klubidan bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 4 ochko ortda qolmoqda. "Zamalek" esa 76 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan. "Al-Ahli" ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, Afrika chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Misrda joriy mavsum 31 avgust kuni yakuniga yetadi. Yangi mavsum esa oktyabr oylarida start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:46, 24.08.2022.
O'qildi: 9030 marta.
Fikrlar: 66 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик