Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nottingem Forest" yana yangi transfer borasida kelishuvga erishdi

"Nottingem Forest" yana yangi transfer borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" "Monako"ning sobiq futbolchisi Djibril Sidibe bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma 1+1 sxemasi bo‘yicha tuziladi, ammo hozircha fransuz "o‘rmonchilar" lageriga ko‘chib o‘tishi uchun hamma narsa tayyor emas.

Ta’kidlanishicha, "Nottingem Forest" "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Serj Oryeni himoyaning o‘ng qanotiga muqobil variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Djibril Sidibe Fransiyaning "Monako" klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgani uchun hozirda klubsiz.

O‘tgan mavsumda Djibril Sidibe jamoa safida barcha musobaqalarda 26 o‘yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi. Transfermarkt portali 29 yoshli himoyachining bozor narxini 8 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:28, 24.08.2022.
O'qildi: 1562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик