Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Manchester Yunayted» «Liverpul»ni taslim etish uchun «qora uslub»lardan foydalangan!

«Manchester Yunayted» «Liverpul»ni taslim etish uchun «qora uslub»lardan foydalangan!

Baho:
+ | -

«MYU» o‘z uyida azaliy raqibi bo‘lgan «Liverpul»ni 2-1 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi turda «Brentford»dan to‘rtta gol qabul qilib olgan «qizil iblislar», keyingi o‘yinga o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshlagandi. Bu narsa «Old Trafford»dagi bahsda yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan, ten Xag shogirdlari 3 turda hammasi bo‘lib, 113,7 kilometr masofani bosib o‘tishgan. Bu esa «Brentford»ga qarshi bahs qaraganda 18 kilometr ko‘proq deganidir. Shuningdek, «MYU» g‘alaba qozonayotgan jamoa sifatida ayrim «qora an’analar»dan foydalangan holda, 3 ochkoni rasmiylashtirdi. Quyida shu haqida so‘z boradi.

O‘yinning 53 daqiqasiga qadar Sancho va Reshford ikkita gol uradi. 81 daqiqada esa Muhammad Saloh hisobni qisqartirgan. Shundan keyin hammasi boshlangan edi. Mehmon jamoa hisobni tenglashtirishga intilayotgan bir paytda, «MYU» «qora uslub»larni ishga soldi. Masalan, o‘yin yakuniga yetar chog‘da markaziy himoyachilar – Lisandro Martines hamda Rafael Varanlar maydonda jarohat olgandek yotib oldi va vaqtni cho‘zishdi. Bu esa o‘z nabvatida «Liverpul»ni kutishga va o‘yin ritmini pasayishiga xizmat qildi. Yurgen Kloppning sabri esa to‘lib borardi...

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal ikkinchi taym avvalida maydonga tashlangan edi. Aynan mana shu yurish, ten Xagga katta yordam berdi. Marsyal maydonda to‘g‘ri va aniq harakat qilib qolmasdan, Reshfordni ikkinchi golda aniq uzatma bilan ta’minladi. Qolaversa, maydon tashqarisida ham uning foydasi tegdi. Bahs so‘ngida Marsyal hamda raqib himoyachisi Tsimikas to‘qnashuvidan keyin, «MYU» burchak to‘pi tepishi kerak edi. Marsyalga to‘pni olib berayotgan bolakayga (ballboy), futbolchi «shoshilmaslik»ni buyurdi. Bu esa ozgina bo‘lsa ham vaqt cho‘zilishiga olib keldi.
Bu borada Brunu Fernandesh o‘zgacha taktika tanladi. U Salohning hisobni qisqartiruvchi golidan keyin, to‘pni raqibga berishni istamadi. Bu esa o‘rtada bahs chiqishiga sabab bo‘ldi. Saloh qanchalik to‘pni tortib olishga urinmasin, u bermaslikka intildi. Vaziyat so‘ngida esa portugal sariq kartochkani ikkita qilmaslik uchun «qora odat»ni yakunladi.

«MYU»ning o‘yinni ataylab cho‘zishlari shu yerda tugamadi. David De Xea ham bunga bir necha bor uringan. Yana bir vaziyatda esa Fabiu Karvalyuning arzimagan harakati ortidan himoyachi Lisandro Martines maydonga yiqilib, o‘zini jabrdiydaga solib yotdi.
Bu haqida o‘yindan keyin Yurgen Klopp fikr bildirib o‘tdi. U shunday deydi: «Bu hayotimdagi eng yomon suhbatlardan biriga aylandi: men Martinesning o‘yinni cho‘zishiga qizishib, baqirib turganimda, oldimdan Fernandesh o‘tib qoldi. Keyin esa u menga qarata: «sen ham bizni o‘rnimizda shunday qilgan bo‘larding» deb o‘tib ketdi».
Mana shunday tarzda «MYU» o‘yinni «quritish»ga harakat qildi. Yakunda esa o‘z maqsadiga erishdi va uch ochkoga ega bo‘ldi. Bu g‘alaba turnir jadvalida jamoani «Liverpul»dan oldinga olib chiqdi (14/16).

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:15, 24.08.2022.
O'qildi: 7659 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.