Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Isko: «Muxlislar shubhalarini yo‘qotishga tayyorman»

Isko: «Muxlislar shubhalarini yo‘qotishga tayyorman»

Baho:
+ | -

«Real Madrid»da ortiqcha va keraksiz futbolchiga aylangan Isko Alarkon yangi mavsumni «Sevilya» a’zosi sifatida boshladi.

Andalusiyalik muxlislar klub bilan 2 yillik shartnoma tuzgan yarim himoyachiga katta umid bog‘lashmoqda, lekin ularda shubha ham yo‘q emas. Har holda, isko oxirgi mavsumda yetarli o‘yin amaliyatiga ega bo‘lmadi. Futbolchining o‘zi hozirgi vaziyatni tushunib turibdi. Muhimi, unda «Sevilya»ga talab darajasida yordam bera olishi borasida ishonch yuqori.

Muxlislarning shubha bilan qarashlariga munosabat

- Ha, ayrimlar yuqori saviyada o‘ynay olishimga ishonishmayapti, salohiyatimga shubha bilan qarashyapti. Buni tushunaman, axir oxirgi bir necha yil yetarli amaliyotiga ega bo‘lmaslik oqibatida barqarorlikni yo‘qotib qo‘ydim. Lekin muxlislarni tinchlantirmoqchiman: hozirda diqqatimni 100 foiz jamlaganman va asl darajamni ko‘rsatishga tayyorman. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman, albatta. Yana aminmanki, «Sevilya» faoliyatimni qayta tiklash uchun eng munosib klub. Shunday ekan, muxlislarning ortiqcha xavotirlanishlariga asos yo‘q.

 

Mashg‘ulotlarga munosabat

- Qaytaraman, umid katta, qanday jamoaga kelganimni yaxshi bilaman. Joriy mavsum «Sevilya» bilan ko‘p narsalarga erishish niyatidaman. Tan olaman, joriy yoz men uchun juda og‘ir keldi, butun faoliyatim davomida ta’til ilk marta shunchalik uzoqqa cho‘zildi. To‘g‘risi, bunaqasiga o‘rganmaganman, lekin mavsumoldi yig‘inlarida sport formasini tezroq tiklash uchun astoydil ishladim. Endi barchasini rasmiy o‘yinlarda isbotlash qoldi, xolos.

 

Jamoa tanlash masalasi

- Aslida oldimla variantlar yetarli edi, «Sevilya» esa aynan sport va o‘yin nuqtai nazaridan meni o‘ziga tortdi. Jamoa doimiy ravishda o‘sib bormoqda, hattoki, CHLda ham munosib kurashmoqda. Qaytaraman, bu klub - ommaga o‘z imkoniyatimni yana bir bor ko‘rsatish uchun eng yaxshi tanlov.


Asosiy maqsad

- Maqsad - kuchli jamoada o‘z o‘rnimni topish, sovrinlar yutish. Qisqasi, «Sevilya»ga yangi tarix tarix bitishda yordam bermoqchiman.


Oilaviy holati

- O‘g‘lim allaqachon «Sevilya» madhiyasini kuylab, uyimiz atrofida yugurmoqda. Bunday lahzalar abadiy esda qoladi.


Taqqoslashlarga munosabat

- Hozir ayni kuchga to‘lgan yoshdaman, hali oldinda bajarishim zarur ishlar ko‘p. O‘zimni nisbatan yosh va kuchli his qilyapman. Ha, ijtimoiy tarmoqlarda meni Ever Banegaga qiyoslashayotganini ko‘rdim. Ever -«Sevilya»da nimalarga qodirligini isbotlashga ulgurgan futbolchi. Uni «Valensiya»da o‘ynagan davrdanoq bilaman, lekin o‘zimni kimgadir solishtirmayman. Binobarin, «Sevilya»ga boshqa maqsadda keldim - futboldan oldingidek zavqlanishni xohlayman.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 24.08.2022.
O'qildi: 1802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик