Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Dahshat! Ronaldu uyidagi arzimagan noqulaylik sabab butun boshli golf klubi bazasini buzdirib tashlamoqchi!

Dahshat! Ronaldu uyidagi arzimagan noqulaylik sabab butun boshli golf klubi bazasini buzdirib tashlamoqchi!

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning shaxsiy hayoti, oilasi va biznesi haqida eshitmagan inson bo‘lmasa kerak. Portugaliyalik superyulduz buni hech kimdan yashirmay keladi. Ronaldu o‘z yurtida ham ko‘chmas mulklarga egalik qiladi. Shulardan biri Lissabondan uncha uzoq bo'lmagan Riveyra shtatidagi uydir. Ushbu uy ayni damda 17 million funtlik qiymatga ega. Ha, hozirda unda futbolchining oilasi yashamaydi. Ammo u yashash uchun hozirlab qo‘yilgan. Quyida bu uyda amalga oshirmoqchi bo‘lgan Ronalduning g‘alati qarori haqida gap boradi.

37 yoshli hujumchi 17 millionlik koshonasining yonginasida joylashgan hashamatli golf klubi joylashgan uyni buzib tashlamoqchi. Bu uchun esa Ronaldu, avvalo uni sotib olish maqsadida. Buzishga asosiy sabab, Ronalduning uyidan qaraganda, golf klubi manzaraning umumiy jozibasiga halaqit berishidir. Ya’ni, golf klubi okean va tashqi muhimni to‘liq ko‘rishga monelik qiladi. Milliarder futbolchi golf klubi rahbariga o‘z inshoatini va uning mashinalar turargohini boshqa joyga ko‘chirishni taklif etgan. Bu esa oson ish emas. Shunday bo‘lsada, Ronaldu buni bajarmoqchi. Avvalo, ishni butun bir golf klubini sotib olishdan boshlash kerak. Albatta, haftasiga 500 ming funt ishlaydigan odam uchun bu unchalik ham qiyin ish emas.

Ronaldu yaqin kelajakda rafiqasi Jorjinya Rodriges hamda besh farzandi bilan Riveyradagi uyiga borib yashamoqchi. Ushbu uyning nomi «Ron Designs» deb ataladi. Bu joyga yaqin bo‘lgan manbalarning aytishicha, futbolchining uyidagi garajga lift o‘rnatilgan. Ushbu liftning vazifasi esa samolyotni garaj ichiga tushirib chiqarishdan iborat. Shuningdek, uning ichida 30 ta eng so‘nggi rusumdagi superkar mavjud. Ronalduning ushbu uyi 12 ming fut yerni o‘zi ichiga olgan bo‘lib, eng mashhur me’morlardan biri Vitor Vitorino tomonidan loyihalashtirilgan. Uy o‘z ichida, shuningdek, bir nechta yotoqxona (ularning baridan dengiz manzarasi ko‘rinib turadi), ichki va tashqi basseyn, kinoteatr, SPA, videoo‘yinlar xonasi va shaxsiy ofisni olgan.

Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra, Ronaldu yangi uyi oldidagi golf klubi mulklarini buzib tashlashga jiddiy kirishgan. Unda shunday yoziladi: «Golf klubi Ronaldu uchun muammoga aylangan. U buni hal qilishni istaydi. Uning narxi futbolchi uchun muammo emas. Ronaldu mukammallik shaydosi va shunga intilib yashaydi».
Superyulduzning advokatlari kecha «Oitavos Golf Club» egasi Migel Shampalimud bilan bu borada muzokaralar o‘tkazgan. Ammo Janob Shampalimud haligacha o‘z mulkining buzilishiga rozilik bergani yo‘q.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:07, 25.08.2022.
O'qildi: 11382 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.