Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Luisma Ernandes: "O‘zgartirishlar borasidagi band yangilanishi kerak...”

Luisma Ernandes: "O‘zgartirishlar borasidagi band yangilanishi kerak...”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" o‘yinidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida
- O‘yinchilarimning bugungi o‘yinlaridan mamnunman. Biz himoyada ham, hujumda ham yaxshi o‘ynadik. Faqatgina, ba’zi o‘yinchilarimning individual xatolaridan va o‘yinga bo‘lgan munosabatlaridan biroz hafaman. Bu masalani klub bilan tez orada ko‘rib chiqamiz.

- Bugun yosh futbolchilar o‘yinidan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi? Nega gol urgan o‘yinchi darxol almashtirildi?
- Umuman olganda, gol urganimizda o‘yin tugashiga kam vaqt qolgandi. Biz gol urgan futbolchini keyingi o‘yinga asrash maqsadida almashtirgandik. Men o‘zgartirishlar borasidagi qoidalardan noroziman. Hozirgi qoidalar asosiy vaqtning o‘zidagina beshta o‘yinchi almashtirish imkoniyatini bermoqda. Bunaqasi FIFA qoidalariga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bunday har qanday murabbiyni shoshirishga olib keladi. Shu tomonidan biroz noroziman.

- Aynan qaysi holat FIFA qoidalariga mos kelmaydi? Murabbiy buni tushuntirib bera oladimi?
- Nega asosiy vaqtda beshta o‘zgarishni amalga oshirish shart, qo‘shimcha bo‘limlarda esa faqat bitta o‘zgarishga ruxsat berilmoqda? O‘zgartirishlar borasidagi bandning o‘zi o‘zgartirilishi kerak. Masalan, men uch o‘yinchimni ekstra taymga olib qo‘ymoqchi edim. Hozirgi qoidalar bo‘yicha beshta o‘yinchini ham asosiy vaqtda o‘zgartirishga to‘g‘ri kelar ekan. Bu qonun-qoidalarga tushunmadim va noroziman.

- Jarohatlangan o‘yinchilarning keyingi o‘yinga tushish ehtimoli qancha?
- Bugungi o‘yinda maydonga tushgan ba’zi futbolchilarda ham jarohat bor edi. Shu sabab ham ularni "Qo‘qon"ga qarshi o‘ying uchun asrashga harakat qildik. G‘alaba bilan AGMK jamoasini tabriklayman. Mehnat qilishda davom etamiz.

Kiritildi: 09:09, 26.08.2022.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.