Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Masharipov tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Masharipov tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misrning "Al-Ahli" klubida davom ettirishi haqida xabar berib o‘tgandik. 28 yoshli futbolchi kecha o‘z jamoasi bilan xayrlashdi hamda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Hamyurtimiz endi Qohira shahri jamoasi bilan shartnoma imzolaydi va shundan so‘ng Misrga yo‘l oladi. Mazkur shartnoma 3 yillik bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, misrliklar o‘zbekistonlik futbolchini bir yilga ijaraga olib, buning uchun saudiyaliklarga 600 ming dollar to‘lashadi. "Al-Ahli" kelasi mavsumda uning transfer huquqini 2 million dollarga sotib oladi. Bundan tashqari, Masharipovning yillik maoshi 1,5 million dollarga teng bo‘ladi.

Misr chempionati yakunlanishiga 2 tur qoldi. Jaloliddin katta ehtimol bilan yangi mavsumda "Al-Ahli" safida o‘yinlarda ishtirok eta boshlaydi. Yanga mavsum esa oktyabr oyida start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:01, 26.08.2022.
O'qildi: 3509 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик