Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

Yurgen Klopp YECHL qur’asining "Liverpul" uchun yaxshi tomonlarini aytdi

Yurgen Klopp YECHL qur’asining "Liverpul" uchun yaxshi tomonlarini aytdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" ustozi Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumga qur’a tashlash marosimi natijalari haqida fikr bildirdi. Uning jamoasi guruh bahslarini "Napoli", "Ayaks" hamda "Reynjers"ga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Shunga qaramay, nemis mutaxassisi qur’a natijalaridan mamnun ekanini hamda jamoasi jiddiy sinovdan o‘tishini bildirdi. Bunday olib qaraganda, haqiqatdan ham "Liverpul" uchun haqiqiy sinov davri yaqinlashmoqda.

Jamoaning guruhdagi raqiblari Yevropada o‘ziga xos uslubga ega klublardir. Xususan, "Ayaks" to‘rt bora Yevropa kubogini yutgan, "Napoli" esa ushbu musobaqada 2009-10 yilgi mavsumdan beri doimiy qatnashib kelmoqda. "Reynjers" so‘nggi 15 mavsumda yevrokuboklarning 2 ta finalida ishtirok etgan. Shu jihatdan olib qaraganda, Klopp murakkab o‘yinlar yuz berishini yaxshi tushunib turibdi. Ammo u A guruhidagi "Liverpul" uchun ijobiy jihatlarni aytib o‘tdi. U shunday deydi:

"Eng avvalo, guruh bahslari biz uchun odilona mashaqqat taqdim etadi. Bu esa jamoa o‘sishi uchun juda muhim narsa. Guruhdagi raqiblar sifatli futbolchilarga ega. Aytish mumkinki, hammamizda keyingi bosqich uchun yetarlicha imkon bo‘ladi. Biz hech qachon imtiyoz talab qilmaganmiz va bizga buni taklif ham qilishmagan. YECHLda, siz osonlikcha guruhdan chiqishni o‘ylashingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki turnir standartlari o‘ta yuqori. Bu mavsumning o‘ziga xos tomonlaridan biri bu guruh bahslarining nisbatan qisqa muddat ichida o‘tkazilishidir. Shunday ekan, biz nafaqat kuchli raqobatga, balki o‘zgacha taqvimga ham tayyor bo‘lishimiz lozim. Raqiblarimiz haqida ortiqcha ma’lumot yig‘ishga hojat yo‘q. Negaki, ularni juda yaxshi bilamiz. So‘nggi yillardagi "Ayaks"ga qarshi mashaqqatli ikki bahs, "Napoli" bilan durang, bizning esimizdan chiqqani yo‘q. Men bu bahslardan yangi-yangi darslar olishimiz mumkinligini bilaman. Ha, "Reynjers" nisbatan yangiroq raqib bo‘lishi mumkin(dir). Ammo ularni ham yaqin yillar ichida kuzatganmiz. Jamoa ancha o‘sganidan xabarimiz bor.

"Reynjers"ning YECHL guruh bosqichiga qay yo‘sinda chiqib kelganini ko‘rdik. Biz raqiblarning ayrim futbolchilarini ham yaxshi taniymiz. Masalan, Rayan Kent Shotlandiyada yuqori darajaga erishdi. Ben Devisni bilamiz va "Reynjers" u uchun hali yangi.
Nima bo‘lganda ham bitta narsa aniq – guruhdagi 6 ta o‘yin o‘ta qiyin va murakkab kechadi. Men bundan xursandman. Chunki, har qayerda futbolchilar uchun raqobat muhiti bo‘lgani yaxshi. Guruhimiz menga juda ma’qul keldi".

 

 

ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 12:05, 26.08.2022.
O'qildi: 2019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.